2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI 19
turlicha tushunish asosida ularni turlicha talqin etuvchi falsafiy maktablar vujudga keladi. Bu
maktablar o‘z g‘oyaviy yo‘nalishlariga ko‘ra ikki oqimni tashkil qilishadi. Birinchi oqim tabiiy
materialistik yo‘nalishda bo‘lib, uni buddizm, hinduizm, jaynizm, lokayata va chorvaka maktablari
tashkil qiladi. Ikkinchi oqim esa diniy idealistik yo‘nalishda bo‘lib, unga vedanta, mimansa,
sankxiya, yoge, n’yaya, vaysheshika, maktablari kiradi.
Bu yuqoridagi maktablardan lokayata va chorvaka maktablari haqiqiy real dunyo, deb insonlar
yashaydigan dunyoni tushunadilar. Ularning tarafdorlari dunyoni, tabiat hodisalarini, ular qanday
bo‘lishsa, xuddi shunday tushunmoq va tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari suradilar. Ular
nuqtai nazaricha, butun borliq: olov, suv, havo, tuproqning yig‘indisidan iborat bo‘lib, inson ham
ana shu to‘rt unsur birikmasidan tashkil topgan. Chorvakalar dunyoni hech kim yaratgan emas,
balki uning asosida to‘rt moddiy elementlar birligi yotadi, deb hisoblaydilar. Ular: «Olovni kim
issiq qildi, suvni kim sovuq qildi?» va kabi savollar berib, «Ularning hammasini shu hodisalarning
o‘zidan qidirish kerak», - deb javob qaytaradilar.
Lokayata maktabi vakillari, hayotning murakkab shakllari uning oddiy shakllarining uzoq
davom etgan evolyusiyasi tufayli vujudga keladi, deyishadi. Ularning fikricha, inson bir marta
yashaydi. SHuning uchun u baxtli hayot kechirishga, o‘zining oqilona ehtiyoj va manfaatlarini
qondirishga intilishi kerak. Bunday falsafiy qarashlar qadimgi Xitoyda ham vujudga keladi.
Qadimgi Hindiston kabi, qadimgi Xitoy ham Sharqda yirik o‘choqlardan biri bo‘lgan.
Eramizdan 2000 yil ilgari bu erda ham dehqonchilik keng taraqqiy etib, sug‘orish ishlari ancha
rivojlanadi. Bu erda ham metaldan, xususan, temirdan mehnat qurollari ishlab chiqarish avj
oladi. Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya ,hunarmandchilik, savdo-sotiqning ravnaqi turli bilmlarning
rivojlanishi uchun keng yo‘l ochadi. Natijada, qadimgi Xitoyda, astronomiya, biologiya, tibbiyot,
san’at va madaniyat sohalari katta yutuqlarga erishadi. Bu erda ham dastlabki falsafiy ta’limotlar
paydo bo‘lib, ularda dunyo abadiy, u 5 unsur – olov, suv, er, daraxt va metalldan tashkil tapgan,
degan qarashlar ilgari suriladi. Eramizdan oldingi XIX asrlarga kelib, Xitoyda daosizm falsafiy
oqimi paydo buladi. Uning asoschisi Lao-Szi, birinchi Xitoy faylasufidir. Qadimgi Xitoyning
ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko‘ra, olam,
jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa
shakllangan. Dao qonuni — tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va
uyg‘unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko‘ra, olamning asosini tashkil etuvchi
«Si», ya’ni beshta unsur — olov, suv, havo, er va yog‘och yoki metall olamdagi barcha jismlar
asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha,
olamda hech bir narsa doimiy va o‘zgarmas, harakatsiz holda bo‘lishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadi. Qarama-
qarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash, ya’ni in va Yan orasidagi munosabat — bizni o‘rab turgan
olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. In va YAn o‘rtasidagi kurash daoni anglatadi.
Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turishi, o‘zini qurshab turgan tabiat va
atrofdagi olamga mehr ko‘rsatishi lozim. Bo‘lmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda
baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu o‘rinda ekologik falokatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao
qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta o‘ch oladi», degan edi Lao-Szi. Buni
ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi. U dunyo moddiy, u
tabiiy qonunlar asosida to‘xtovsiz harakat va o‘zgarishda bo‘ladi, deydi. Lao-Szi o‘zi bu haqda
shunday yozadi: «Ulug‘ dao hamma yoqqa qarab oqadi. U o‘ngga ham, so‘ngga ham yoyilgan. U
tufayli jami mavjudod tug‘iladi, ular hamisha o‘zgarishda bo‘lib, bir joyda to‘xtab qolmaydi».