Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


 Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

2. Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti. 
Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi o‘choqlaridan biri. VIII–IX asrlarda Markaziy 
Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Qadimiy boy an’analarga ega bo‘lgan Misr, Suriya, 
Mesopotamiya, Eron, O‘rta Osiyo kabi madaniyat o‘choqlari istilo etilib, bir davlat ichiga 
birlashtirildi. Natijada, tarixiy sivilizatsiyalar o‘rtasida bevosita muloqot boshlanib, yangi islom 
madaniyati shakllana boshladi. Ichki Arabiston hududida shaharlar mavjud bo‘lishiga 
qaramasdan, hajmi va ahamiyati jihatdan yangi bo‘lgan markazlar vujudga kela boshladi. 
Ularning shakllanishida arablar bilan bir qatorda boshqa xalq vakillari ham faol qatnashdilar. 
Yangi shaharlar qurilishi davlatning harbiy-siyosiy mavqeini mustahkamlashda muhim o‘rin 
egalladi. 
Qur’on – islom dinining asosiy manbasi va qadimiy adabiy-tarixiy va madaniy yodgorlik 
hisoblanadi. U VII asrdagi arablar hayoti va ijtimoiy holatini o‘zida aks ettiradi. Unda diniy-
falsafiy tasavvurlar va rivoyatlar, qabila-urug‘chilik hayot tarziga xos an’ana, urf-odat va 
marosimlar, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy qonun-
qoidalar, oila-nikoh, ajdod va avlodlarga munosabat, mulkchilik va vorislik, savdo-sotiq va qarz-
muomalalariga xos ko‘rsatmalar o‘z ifodasini topgan. 
Qur’oni karim xalifa Abu Bakr davrida to‘planib, Usmon davrida yozma holga keltirilgan 
ekan, uning holati Muhammad payg‘ambar davrida qanday holatda bo‘lganligi masalasi 
muhimdir. Ba’zi tadqiqotlarda ilk davrda Qur’onni musulmonlar yodlab olar, yozma nusxalari 
esa, hijratdan so‘ng paydo bo‘la boshladi, degan xulosalar uchraydi. Ammo, tarixiy ma’lumotlar 
Qur’onning nozil etilgan oyatlarini sahobalar yozib yurganliklari va uni boshqalarga 
tarqatganliklari haqida Umar ibn al-Xattobning Qur’on oyatlari bitilgan matnni o‘qiganligi va 
islom dinini qabul qilganligi (615 yil) dalil bo‘ladi. Demak, Qur’on oyatlarini musulmonlar 
hijratdan oldin ham yozma holga keltira boshlaganlar. Qur’on va hadislarda islomiy ta’limotning 
asosi bayon qilingan. Qur’on — muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e’tiqod 
talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan. U 114 sura va ular tarkibidagi 
oyatlardan tashkil topgan. 
«Sunna» esa hadislar majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to‘ldiradi. Unda Muhammad 
payg‘ambarning so‘zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan. Qur’on va 
sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. SHariat (to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l demakdir) — 
islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo‘nalishlar — 
2
Umarzoda M. Ovesto sirlari // «Jahon adabiyoti». 1997 y. №4. 19–20-b 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin