Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
26 
1) barcha odamlarni ma’rifatli qilishga intilish, bu yo‘lda o‘tmish merosidan va qo‘shni 
mamlakatlarning fan, madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni 
rivojlantirish; 
2) tabiatni o‘rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni oqilonalikka tayanib rivojlantirish, aqlning kuchiga 
ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb 
bilish; 
3) insonga xos tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug‘lash, 
barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma’naviy qonunlarga rioya qilish; 
4) universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish, bu davr 
madaniyatining muhim jihatlaridir. 
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Savdo-sotiqning 
rivojlanishi, iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli viloyatlari o‘rtasida madaniy 
qadriyatlar almashinuvi va uning boshqa mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi, tabiiy va 
madaniy boyliklar, turli xalqlarning an’analari, tili va tarixini o‘rganish bilishning eng to‘g‘ri 
yo‘llari va usullarini yaratish, bilish jarayonining butun apparatini takomillashtirishga bo‘lgan 
ehtiyojni kuchaytirdi. Fanning optika, matematika, astronomiya kabi tarmoqlarining jadal 
rivojlanishi tabiatni chuqur o‘rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga imkoniyat yaratdi. 
O‘rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qo‘ynidagina emas, balki fan qo‘ynida ham 
rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya 
sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlar ma’lum. Odatda, tabib, munajjim, sayyoh bo‘lgan Sharq 
faylasuflari asbtrakt mulohazalardan ko‘ra ko‘proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar. 
Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, 
qomuschi-olim, Yaqin va O‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk faylasuf 
va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar Xayyom, 
tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin