Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB FALSAFASI 
37 
monaxchilikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Apologetlar xristianlik tarixida 1 va III asrlarda 
vujudga keldi.
«Patristika»- so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda G’arbda 
episkoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharqda mashhur bo‘lgan chyerkov otalaridan biri Ioan 
Zlatoust (347-407) edi. Uning 640ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. 
Uning asarlarida injilni amaliy qo‘llash sof ahloqiy masalalar bilan qorishib ketgan. 
G’arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Pok» degan unvonga sazovor bo‘lgan Avreliy 
Avgustin (354-430) bo‘lib hisoblanadi. U faylasuf va islohiyotchi bo‘lgan. Avgustin o‘z hayotini 
episkoplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga bag‘ishlaydi. U 100 ga yaqin kitob, 500 ta da’vat va 
200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning o‘sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri «Sig‘inish» 
401 yilda yozilgan. Bu asarda u o‘zining xristianlikkacha bo‘lgan hayotini yozadi. Muqaddas 
kitob «Bibliya» oyatlari ramziy — timsoliy bayon qilinadi. U mushriklik falsafasini qoralaydi. 
Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin 
bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan. 
«Sxolastika»- so‘zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo‘lib, «o‘qish 
joyi»,»maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni, yoki 
umuman saroy maktabidagi o‘qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni 
o‘rganishda falsafani tatbiq qilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani 
ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo‘lgan 
intilish deb ham baholash mumkin. O‘sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida 
emas, balki falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi 
e’tiqod aqlga muvofiqmi degan savolga javob byerish bo‘lgan. 
Realizm. Uning yirik vakillaridan biri Angelm Ketterberiyskiy (1038-1109) dir. U 
Shimoliy Italiyada tug‘ilgan, 1093 yilda Ketterberiysk shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. 
Angelm o‘zining ikki asari bilan mashhur. 
Birinchisi «Monopoliya» — xudoning borligini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot 
qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda 
ko‘p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular 
orqali hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo‘lmagani sababli, hamma 
narsaning bir sababchisi bo‘lishi kyerakki, biz uni xudo deb ataymiz. 
Britaniyada tug‘ilgan P. Abelyar (1079-1142) juda yoshligidanoq o‘z bilimi bilan mashhur edi. 
Abelyar — mo‘‘tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki univyersaliy dastlab xudo aqlida 
mavjuddir, undan keyin narsalarning o‘zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. 
Abelyar «Men e’tiqod qilish uchun bilaman» degan g‘oyani ilgari surgan. Ya’ni bilmaydigan, bilimsiz 
kishidan ko‘ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o‘rgangan kishi abzal. Bunday kishi 
aqidaparast emas, balki o‘zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir. 
Foma Akvinskiy (1224-1292) mo‘‘tadil realizmning yana bir yirik vakili bo‘lib 
hisoblanadi. Foma o‘sha davr uchun Arastu natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat 
qilgan. Bunda u mo‘‘tadil realizm pozitsiyasida turgan va sxolastikaning eng yirik namoyandasi 
bo‘lgan. Uning fikricha, natural falsafada tafakkur va Arastu mantiqiy ta’limoti yordamida xudo 
mavjudligi haqidagi haqiqatga yerishishi mumkin. 
Fomaning «Ilohiy summalar» asari 3000 maqoladan iborat bo‘lib, 600 masalani yoritishga 
bag‘ishlangan. U ilohiyotning sistemali bayon qilinishi vazifasini bajaradi. «Ilohiy 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin