O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI _________________________________________________________ MAKTABGACHA TA’LIM BOSHQARMASI __________________________________________MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMI TASARRUFIDAGI
____DAVLAT MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTI __________________________ GURUH AMALIYOTCHISI _________________________________________________NING
ILK QADAM O’QUV DASTURI ASOSIDA “________________________________________________________” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MASHG’ULOT ISHLANMASI Mavzu: “Inson va kitob” integrallashgan ochiq mashg’ulot. Ta’limiy maqsad: bolalarga kitob haqida tushuncha berish. Bolalarga kitob va kitobxonlikning ahamiyati, kitob bilimlar berishi, kitob bizning do’stimiz ekanligi haqida tushuncha berish.Kitob insonning eng yaqin dosti maslahatchisi, aql qayrog’I va bilim manbai ekanligini, kitob o’qish orqali “yaxshi va yomonni”, “rost va yolg’onni” ajratish malakasi shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsad: oilaviy kitobxonlik muhitini yaratish, kitobni sevishga yaqin do’st, ko’makchi ekanligini his ettirish.
Korreksion maqsad: yangi so’zlar bilan lug’atini boyitish, nutq tafakkurini faolloashtirish, nutqidagi qiyin so’zlarni korreksiyalash, eshitish funksiyasini yaxshilash
Kerakli jixozlar: fleshka, har xil kitoblar, sko’tch, rangli qog’ozlar yelim, qaychi, har xil turdagi qog’ozlar,suv
Faoliyat markazlari: Nutq o’stirish, Qurish-yasash va matematika, Fan va tabiat.
Faoliyatning borishi. I.Tashkiliy qism. Bolajonlar kelinglar avvalambor bir birimiz bilan sehrli so’zlar yordamida salomlashib olamiz. Bolajonlar o’zlaridan keyingi bolaga bugun qanday ko’rinishda ekanligini aytib salomlashib olishadi. II.Asosiy qism. Shu payt eshik taqillaydi va Bilmasvoy kirib keladi. Bilmasvoyning qo’lida yirtilgan kitob bo’ladi. Tarbiyachi:-“Hush kelibsan Bilmasvoy, kir kiraqol” Bilmasvoy:-“ ha keldim”
Tarbiyachi:-“ Bilmasvoy o’tirgan mehmonlarga, bolajonlarga salom bermaysanmi?” Bilmasvoy:-“Men salom berishni bilmayman” Tarbiyachi:-“ Voy sen haqiqiy Bilmasvoy ekansan. Bilmasvoy qanday kitoblar o’qigansan. Ex attang. Kitob bizning eng yaqin do’stimiz. Chunki kitob o’qish, tinglash orqali biz yaxshi-yomoni, odob axloqni o’rganamiz. Kelinglar bugun sizlar bilan kitob haqida gaplashamiz. Qo’lingdagi kitob senikimi? Nega bunday ahvolda? Kelinglar hozir sizlarga kitobni qanday ishlatish kerakligi haqida videorolik qo’yib beraman marhamat. Video ro’lik tomosha qilishadi. Bolajonlar kitob nimadan tayyorlanar ekan? Tog’ri qog’ozdan.Qog’ozchi? Juda ham to’gri daraxtdan. Keling hozir Fan va tabiat markazida qog’oz yordamida qiziqarli tajribalar bajarib ko’ramiz. Fan va tabiat markazida salfetkalar yordamida kamalak hosil qilamiz. Bolajonlar keling bir oz dam olamiz va mashg’ulotimizni davom ettiramiz. III. Jismoniy daqiqa. Akt. Videorolik asosida bajariladi. IV.Mustahkamlash. D/o’ “Bu qaysi kitob?” o’yinini o’ynashadi. Bilmasvoyning kitobini tamirlab berishadi. V.Yakuniy qism: Bilmasvoy bugungi mashg’ulotimiz o’z nihoyasiga yetdi. Mashg’ulotimiz senga yoqdimi? Bolajonlar sizlargachi? Bilmasvoyga bolajonlar kitob sovg’a qilishadi va Bilmasvoy bugungi mashg’ulotda faol ishtiroki uchun bolalarga shirinliklar ulashadi. Barchangizga rahmat.