Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

«Borliq» kategoriyasi. 
Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan ko‘p 
sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o‘rinni egallaydi. CHunki u 
har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, ularning mavjud 
bo‘lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lish, o‘zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi. Bu 
inson o‘zligini va o‘zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday 
ob’ektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir. 
Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o‘z dunyoqarashining 
negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash keladi: 
1. «Men kimman?» 
2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?» 
3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bo‘lgan?» 
4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?» 
5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsad, maqsadga muvofiqlik, mo‘ljal bormi?» 
Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi, avvalo, o‘zi nima bilan bevosita 
ish ko‘rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o‘zining dunyo haqidagi mulohazalarini 
aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. SHu tariqa inson va uning ongi o‘zini qurshagan 
barcha narsalar, avvalo, mavjud bo‘lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi. 


4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
49 
Borliq kategoriyasi esa xuddi shunday eng umumiy tomonni; ya’ni hamma moddiy va 
ma’naviy predmet va hodisalarni realligini ifodalaydi. Ikkinchi yo‘nalish vakillari esa, borliq avvalo, 
mavjudlik orkali ifodalanar ekan borliq kategoriyasini ishlatishda ehtiyoj yo‘q, chunki borliq 
tushunchasi mavjudlik tushunchasiga nisbatan hech bir yangilik bermaydi deyishadi. Gap shundaki, 
borliq falsafiy kategoriya sifatida faqat mavjudliknigina ifodalab qolmasdan, balki mavjudlikka 
nisbatan 
umumiyrok 
va 
kengroq 
mazmunga 
ega 
bo‘lgan 
reallikni 
bildiradi.
 
Shunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch 
kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi 
masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. 
Mifo logiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni falsafa «borliqning 
nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va qaerga yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani 
tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi 
savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar: 
• falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima? 
• bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin? 
• unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi? 
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham 
murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo‘yicha ta’lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan 
tanish bo‘lishlari lozimligini hisobga olib, bu erda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha 
to‘xtalamiz va mazkur muammoni anglab etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin