Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
62 
 
5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. 
FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYALARI 
REJA: 
 
1.
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi.
2.
Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari.
3.
Qonun va uning tasnifi.
4.
Falsafaning asosiy qonunlari.
5.
Kategoriya tushunchasi va ularning turlari.
Tayanch tushunchalar: 
Rivojlanish, dialektika, ob’ektiv dialektika, sub’ektiv dialektika, 
stixiyali dialektika, materialistik dialektika, idealistik dialektika, ziddiyat, sakrash, ayniyat, 
tafovut, inkor, vorisiylik, miqdor, sifat, me’yor, xossa, qonun, voqelik qonunlari, fan qonunlari, 
falsafa qonunlari. 
 
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi.
Harakat, taraqqiyot, 
umumiy bog‘lanish va aloqadorlik to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlar ham falsafa fani bilan birga 
paydo bo‘lgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu 
tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli ma’nolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki 
davrlarda o‘zaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qarama-
qarshi, zid fikrlarning to‘qnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash ma’nosini ifodalagan. 
Antik davr mutafakkirlarining ma’lumotiga ko‘ra, munozarada ishtirok etuvchilar, o‘z 
muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondoshib, 
ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar. Bunda, ular, o‘z muhokamalarida har 
xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi 
voqea-hodisalar to‘g‘risida o‘z qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib, 
dialektika deganda o‘zaro bahslashuv san’atini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini 
tushunganlar. Masalan, antik davr mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yo‘l qo‘yiladigan 
qarama-qarshi fikrlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish orqali haqiqatga erishish san’ati, deb 
tushungan. Dialektikani bahs san’ati sifatida tushunish hatto o‘rta asrlarda ham davom etgan. 
Buni o‘rta asrlar mutafakkiri Per Abelyarning «Ha va yo‘q» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi. 
Dialektikaga munozara san’ati sifatida qarash o‘rta asrlarda yashagan O‘rta Osiyo 
mutafakkirlariga ham xos bo‘lib, hatto bu narsa Uyg‘onish davrlarida ham davom etgan. Bu davr 
mutafakkirlarida ham dialektika savol-javob san’ati sifatida o‘zgacha fikrlarni rad qilish usuli 
bo‘lib xizmat qiladi. Bunga misol qilib G.Galileyning «Dunyoning ikki sistemasi to‘g‘risidagi 
bahs» asarini ko‘rsatish mumkin. Umuman, dialektika tushunchasining paydo bo‘lishi, u 
o‘zining dastlabki davrlardagi tor ma’noni ifodalashiga qaramasdan, o‘sha davrlardan to bizning 
kunlarimizgacha qo‘llanib kelingan sermazmun falsafiy suhbat usulining paydo bo‘lishida 
muhim rol o‘ynadi va insoniyat madaniyatining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Asrlar davomida to‘planib borgan dialektik munozara madaniyati murakkab 
muammolarni muhokama qilish, ulardagi turli qarama-qarshi nuqtai nazarlarni ochish, aniqlash 
va tushunish mahoratining qaror topishi inkor qilib bo‘lmas ahamiyat kasb etdi. Bora-bora 
dialektika qarama-qarshi nuqtai nazarlar, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish usuli sifatida 
qaraladigan bo‘ldi.
Shunday qilib, sekin-asta inson ijodiy tafakkuri o‘z tabiati bilan dialektik ekanligi 
haqidagi tasavvur paydo bo‘ldi. Lekin ma’lum vaqt o‘tishi bilan dialektika faqat kishilarning 
o‘zaro munozaralarigagina xos emasligi ma’lum bo‘la bordi. Oqibatda, dialektika faqat inson 
fikrlash jarayonigagina xos bo‘lmasdan, balki u tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga ham 
xos, deb qarala boshlandi. Ayniqsa, bu qarash borliq shakllari va turlari o‘rtasidagi bog‘lanish va 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin