Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
59 
Hech kim cheksiz vaqt yashay olmaydi. Shunday ekan, hech qachon u A nuqtadan V nuqtaga etib 
bora olmaydi. Bularning hammasi harakat jarayonini formal-mantiqiy tavsiflash mushkulligini 
ko‘rsatadi. Ayrim faylasuflar Zenon aporiyalarini rad etish uchun sezgi organlariga suyanganlarida, 
bunda ham ancha asosli e’tirozlar topilgan. Sezgi harakatni «ko‘rishi» qadimgi falsafa vakillari – 
eleatlar tomonidan tan olingan, lekin aql uni «tushunish»ni xohlashi va tushuna olmasligi qayd 
etilgan. Aql mohiyatni, sezgilar esa hodisalar va ko‘z ilg‘aydigan narsalarni o‘rganishini hisobga 
olsak,eleatlar mantig‘iga ko‘ra, aynan mohiyatda harakat mavjud emas. Zenon harakatni ziddiyatsiz 
tarzda tavsiflash mumkin emasligini ko‘rsata olgani e’tirof etilgan. Binobarin, harakat qarama-
qarshilik demakdir. Zenon aporiyalarining alohida qimmati shundaki, ular amalda mavjud qarama-
qarshiliklarni ko‘rsata olgan. Balki, shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘plab qadimgi manbalarda Zenon 
dialektika asoschisi sifatida qayd etiladi. Zenon o‘zi asarlarini Parmenidning «Hamma narsa bir» 
degan shiorini «Hamma narsa ko‘pdir» degan qarama-qarshi yondashuvdan himoya qilish uchun 
yozganini ta’kidlagan.Harakatni o‘rganishning muhimligini barcha faylasuflar teran anglagan. 
Aristotel harakatni bilmaslik sabablarni bilmaslikka olib keladi, deb hisoblagan va borliqning turlari 
qancha bo‘lsa, harakat va o‘zgarishlarning turlari ham shuncha, deb qayd etgan. Uning fikricha, 
«Miqdor uchun ko‘payish va kamayish, sifat uchun – o‘zgarish, makon uchun – ko‘chib yurish, 
mohiyat uchun – vujudga kelish va yo‘q bo‘lish mavjud»
2
. Harakatning vujudga kelish, yo‘q bo‘lish, 
o‘zgarish, ko‘payish, kamayish, ko‘chib yurish kabi turlarini farqlash lozim. Ammo Aristotel jonsiz, 
passiv materiya konsepsiyasini rivojlantirib, pirovard natijada, muayyan birinchi harakatlantirgich – 
har qanday faollikning negizi sifatidagi sof shakl harakat manbaidir, degan xulosaga keldi. Binobarin, 
harakat materiyaning atributi emas, balki uning modusi, ayrim xossasi va belgisidir,u faqat birinchi 
turtki vositasida beriladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, falsafiy tafakkur rivojlanishining keyingi 
ancha uzoq davri mobaynida harakat materiyaning atributi sifatida qaralmadi, balki uning ayrim va 
qo‘shimcha xossasi hisoblandi. O‘rta asr Sharq mutafakkiri Forobiy fikricha, harakat va sukunatning 
ibtidosi, biron-bir narsaga yoki irodaga borib taqalmasa, uni tabiat deb atash mumkin. Harakat vaqt 
bilan belgilangan. Harakat ibtido va intiho bilan chegaralanmagan
3
. Ibn Sino fikricha, harakat vujudi 
mumkinning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va osoyishtalik bilan mavjud bo‘ladi. Harakat bu 
ashyolar, voqealarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishdir3. 
Uyg‘onish davri mutafakkirlari har qanday borliq – olamdan tortib mayda zarragacha – unga xos 
bo‘lgan ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular panpsixizm – butun 
olamni ilohiylashtirish ta’limotiga asoslandilar.Yangi davr mexanikasi mazkur yondashuv mutlaqo 
asossizligini ko‘rsatdi. Mexanika nuqtai nazaridan, biron-bir jismni harakatga keltirish uchun unga 
qandaydir tashqi kuch ta’sir ko‘rsatishi lozim. XVII–XVIII asrlarda mexanikaning jadal rivojlanishi, 
u ayrim nomexanik hodisalarni (masalan, issiqlik hodisalari, hattoki, fiziologik hodisalarni) 
tushuntirishda erishgan yutuqlar shunga olib keldiki, harakatga ancha tor ma’noda mexanik harakat, 
ya’ni makonda oddiy ko‘chib yurish sifatida qarala boshlandi. Umuman olganda, metafizik 
yondashuvlarning nomukammalligi so‘zning o‘z ma’nosidagi harakatni, uning alohida turi – ko‘chib 
yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut emas, balki modus sifatida qarash; birinchi turtkining 
zarurligiga ishonch bilan bog‘liq edi.Bunday yondashuvlarning nomukammalligini ko‘pgina 
mutafakkirlar tan olgan. Masalan, ingliz faylasufi Jon Toland (1670–1722) dinni tanqid qilar ekan, 
harakatni materiya atributi, deb hisoblaydi. U, «Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb 
bilaman. Boshqacha aytganda, o‘tkazmaslik va ko‘lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u bilan 
uzviy bo‘lsa, harakat ham materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat 
materiya ta’rifidan uning tarkibiy qismi sifatida o‘rin olishi lozim»4, deb yozgan.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin