Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Sofistika
1
.
Sofistik tafakkur usuli dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta 
asrlarda, ayniqsa keng tarqaladi va rivojlanadi. 
Qadimgi davr yunon falsafasida biron-bir xunarni yoki biron bir bilim sohasini 
mukammal egallagan kishilar sofistlar, deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik o‘rta asrlarga kelib
notiqlik, donishmandlik, bilimdonlik bilan nom chiqargan kishilar ham, turli omonim so‘zlar 
asosiga ko‘rilgan turli fikrlar bilan kishilarning boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular 
fikrlarini chalg‘itadigan kishilar ham sofistlar, deb atala boshlanadi. 
Sofistik tafakkur usuli yoki sofistika muhokama jarayonida bilib turib, ataylab yolg‘on 
asoslardan yolg‘on xulosalar chiqarish asosida fikr yuritish usulidir. Shu sababli sofistikani 
Forobiy «yolg‘ondakam donolik» deb, izohlaydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli bilan fikr 
yurituvchi kishi o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsalarni o‘rganishda aqlni to‘g‘ri yo‘ldan 
chalkashtiradi va yolg‘onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri 
fikrlashdan adashtiradi. 
Sofistika ijtimoiy ildizlarga ega. Sofistik tafakkur usuli haqiqatni ataylab buzib, yolg‘on 
fikrni haqiqat sifatida ko‘rsatishga asoslanadi. Bu narsa doimo ma’lum manfaatdan kelib chiqib 
qilinadi. Bunga odatda formal mantiq qonunlarining talablaridan kelib chiqib yondashish ham 
imkon tug‘diradi. Sofistik tafakkur usulida kishi rasmiy formal ta’riflar bilan cheklanadi va shu 
asosda fikr yuritadi. Lekin sofistik tafakkur usulini ham faqat salbiy jihatdan qarash to‘g‘ri emas. 
Sababi: sofistik tafakkur usuli ilmiy bilishda, haqiqatni aniqlashda salbiy rol o‘ynasa ham, biroq 
1
Софистики (юнонча: sоpism — ataylab хаtо asoslar asosida, ko’p ma’noli so’zlarga asoslanib fikr yuritish) — 
bilib turib, хаtо asoslardan yolg’on xulosa chiqarishdir. Bu yerda sufiylik falsafasi emas, balki o’rta asrlarda 
Yevropada кенг tarqalgan alohida falsafiy ta’limot nazarda tutiladi. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin