Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Dogmatika.
3
Dogmatik tafakkur falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini 
hisobga olmay, konkret makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgarmas tushunchalar va 
qoidalar bilan ish ko‘ruvchi tafakkur usulidir. Dogmatik tafakkurning asosini metafizika tashkil 
qilib, u dastlab sofistik tafakkur usuliga qarama-qarshi o‘laroq, vujudga keladi. Dogmatik 
tafakkurning paydo bo‘lishi tarixan metafizik usulning qaror topishi va rivojlanib borishi bilan 
bog‘liqdir. Dastlab tabiatshunoslik fanlari sohasida tabiatni tekshirish usuli sifatida paydo 
bo‘lgan metafizika «tabiatdagi buyumlar va jarayonlarni bir-biridan ajratilgan holda, ular 
o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishdan tashqarida tekshirishga va shuning natijasida, ularni harakat 
holatida emas, balki harakatsiz holatida - muhim darajada o‘zgaradigan narsa sifatida emas, 
balki o‘lik narsalar sifatida tekshirishga» kishilarni odatlantirib qo‘ya boshlaydi. Bunday tekshi-
rish va tushunish bora-bora o‘ziga xos dogmatik tafakkur usulini vujudga keltiradi. 
Metafizik-dogmatik fikr qiluvchi kishi nazarida, buyumlar va ularning fikrdagi 
in’ikoslari, ya’ni tushunchalar bir-biridan keyin va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda 
tekshirilishi lozim bo‘lgan ayrim-ayrim, o‘zgarmas, qotib qolgan, hamisha bir zaylda turadigan 
narsalardir. Uning nazarida, buyum yo mavjuddir, yoki mavjud emasdir va xuddi shuningdek, bir 
narsa ayni zamonda shu buyumning o‘zi va yana boshqacha bo‘la olmaydi. Musbat narsa bilan 
manfiy narsa bir-birini mutlaqo istisno qiladi... Bu tafakkur usuli, daf’atan qaraganda, bizga 
tamomila maqbul bo‘lib ko‘rinadi. 
O‘rta asr falsafasida metafizika teologiyaning falsafiy asosi qilib olinishi bilan diniy 
aqidalarga ishonish talablari kuchayadi. Bu o‘z navbatida dogmatik tafakkurning yanada keng 
tarqalishiga sabab bo‘ladi. Faqat dialektikaning paydo bo‘lishi bilan, metafizik tafakkurning 
ilmiy jihatdan asossizligi ma’lum bo‘lgandan keyingina, dogmatik tafakkur o‘zining falsafiy 
asosidan mahrum bo‘ladi. Lekin dogmatik tafakkur hozir ham mavjud. Dogmatik tafakkurning 
2
Эклектика
(юнонча:
еklegein — tanlayman, degani) — turli qarama-qarshi nazariyalarni qarashlarni aralash-
quralash qilib yuboruvchi tafakkur usuli. 
3
Dogmatika (yunoncha so‘z bo‘lib o‘zgarmas, qotib qolgan, aqida degani) — konkret shart-sharoitlarni hisobga 
olmay qo‘llaniladigan qoida, prinsip, fikrdir. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin