Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
67 
mavjudligi, avvalo, inson o‘z bilish jarayonida ba’zan bilishning biron bir tomoni yoki biron 
holatini noo‘rin mutlaqlashtirishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan birga, dogmatik 
tafakkurning mavjudligi hozirgi zamon falsafasida olamning o‘zgaruvchanligi va rivojlanishi
g‘oyasini inkor etuvchi antidialektik (ya’ni metafizik) konsepsiyalarning mavjudligi bilan hamda 
dialektikani bilmaslik yoki tushunmaslik bilan ham bog‘liqdir. 
Dogmatik tafakkur, ayniqsa, siyosatda juda xavflidir, u bunda sektantlikka, 
sub’ektivizmga, amaliyotdan uzilishga, ijodiy jarayonlarni to‘xtatishga, ijodiy g‘oyalar, nazariya 
va ta’limotlardan voz kechishga, hamma sohada sodir bo‘ladigan yangiliklarni o‘z vaqtida 
payqamaslikka, istiqbolni oldindan ko‘rishga to‘sqinlik qiladi. Dogmatik tafakkurga ega kishilar, 
ayniqsa, rahbarlik sohalarida jamiyatga juda katta zarar keltiradilar, ular jahon (jamiyat) 
taraqqiyotining o‘zgargan sharoitlarini hisobga olmasdan, o‘zlari ko‘nikkan vaziyatga muvofiq 
eski qarashlarga qattiq yopishib olib, ish tutadilar va fikr yuritadilar. Buni biz O‘zbekistonning 
o‘z mustaqil taraqqiyotini boshlab yangicha rivojlanish yo‘liga o‘tgan davrda ba’zi o‘rta bo‘g‘in 
rahbar kishilar faoliyatlarida yaqqol uchratdik. Umuman, dogmatik tafakkurning hamma xildagi 
ko‘rinishlariga qarshi kurash olib borib, dialektik tafakkurni hamma sohada keng qaror toptirish 
lozim. Faqat dialektik tafakkurgina ijtimoiy taraqqiyotning tarixiy ehtiyojlarini, eski shakllarning 
yangi rivojlangan mazmunga muvofiq kelmasligini, insoniyatning taraqqiyotini ta’minlovchi 
yangi shakl va mazmunga o‘tishning zarurligini to‘g‘ri hisobga olishga yordam beradi. Hozirgi 
kunda shakllanayotgan sinergetika ham dialektika muammolariga yangicha yondoshish 
kerakligini ko‘rsatmoqda.
Dialektika o‘z mohiyati jihatdan umumiy aloqadorlik, bog‘lanish, harakat, o‘zgarish 
to‘g‘risidagi ta’limot sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkuriga xos eng umumiy aloqadorlik va 
bog‘lanishlarni to‘g‘ri ochib borish asosida kishilarga dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish 
yo‘llarini ko‘rsatuvchi metodologik qurol bo‘lib xizmat qiladi. 
Dialektika, avvalo, umumiy aloqadorlik va bog‘lanishlar haqidagi fandir. Chunki 
borliqdagi barcha narsa va hodisalarni umumiy aloqadorlikda va o‘zaro bog‘lanishda olib qarash 
borliq haqida dialektik fikr yuritishdir. Haqiqatan ham, borliqdagi hamma narsalar, hodisa va 
jarayonlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular umumiy aloqadorlikda bir-birlariga ta’sir va aks ta’sir qilib 
turadilar, bir-birlarini taqozo qiladilar. Xoh tabiat va jamiyatda, xoh inson hayoti va tafakkurida 
bo‘lsin, hech bir hodisa yoki voqea, o‘zgarish yoki jarayon boshqa hodisa yoki voqealardan, 
boshqa o‘zgarish va jarayonlardan alohida, ulardan ajralgan, ularga bog‘liq, bo‘lmagan, ular 
bilan aloqadorliksiz mavjud bo‘lmaydi, aksincha, ular bilan doimo o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi. 
Borliqning turli tomonlari, materiyaning turli ko‘rinishlari, uning asosiy mavjudlik 
usullari, harakatning turli shakllari bir-birlari bilan o‘zaro umumiy aloqadorlikda bo‘lib, bir-
birlariga ta’sir va aks ta’sirida, lekin o‘zaro bog‘lanishda bir-birlarini taqozo qilib turadi. 
Dialektikaning o‘zaro aloqadorlik prinsipi yalpi umumiy xarakterga egadir. Uning bu 
yalpi umumiyligi shundaki, birinchidan, bu aloqadorlik bir butun borliqqa, ya’ni tabiat, jamiyat, 
inson, inson tafakkuri va bilishga xosdir; ikkinchidan, bu aloqadorlik borliqning hamma 
ko‘rinishlariga oid barcha narsa va hodisalarni, ularga xos hamma narsa va holatlarni, bir butun 
inson bilish jarayonini, xullas, bir butun moddiy va ma’naviy olamning hamma bog‘lanishlarini 
o‘z ichiga oladi. 
Dunyoda boshqa narsalar, hodisalar va jarayonlar bilan tabiiy aloqadorlikda bo‘lmagan 
hech bir narsa, jarayon yo‘q. Lekin biz o‘z bilish jarayonimizda biron narsa yoki hodisani 
o‘rganar ekanmiz, dastlab uni boshqa narsalar yoki hodisalarning umumiy bog‘lanishlaridan 
ajratamiz. Bu jarayonda biz uning o‘ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ochib berish uchun bu 
narsa yoki hodisaning boshqa narsalar va hodisalar bilan bo‘lgan hamma aloqa va 
bog‘lanishlarini, hamma aloqadorliklarini aniqlab, bilib boramiz. Narsa va hodisalarni 
haqiqatdan bilish uchun ularning barcha tomonlarini, barcha aloqalarini va bog‘lanishlarini birga 
olib o‘rganmoq, lozim. Biz garchi bunga hech qachon to‘la-to‘kis erisha olmasak ham, lekin har 
tamonlama o‘rganish talabi bizni xatolardan, noto‘g‘ri xulosa chiqarishlardan saqlab qoladi. SHu 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin