Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


 Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

2. Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. 
Har qanday konsepsiyaning 
mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. 
Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima? 
Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida,birinchi asosni, biron-bir 
konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi 
dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga 
soladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, 
sababiylik, tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi. Quyida bu tamoyillarni tahlil qilamiz. 
Umumiy aloqadorlik tamoyili. 
Rang-barang dunyoda har bir ob’ekt ko‘p sonli xossalarga ega 
bo‘lib, ular boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa jarayonida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib 
aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, har bir ob’ekt o‘zga ob’ektlar bilan qonuniy bog‘lanadi va bu ob’ektlar bilan 
o‘zaro ta’sirga kirishish jarayonida ishtirok etadi. 
Aloqa. 
Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda 
joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob’ektning o‘zaro aloqa jarayoni tushuniladi. 
Ob’ektlar diskretlik, shakllanganlik va nisbatan mustaqillikdan mahrum bo‘lgan joyda aloqalar 
mavjud bo‘lishi mumkinmi? O‘z-o‘zidan ravshanki, shakllangan, nisbatan mustaqil narsalar 
mavjud bo‘lmagan joyda aloqa mavjudligini taxmin qilish ham mumkin emas. SHu sababli 
umumiy aloqa kategoriyasi «narsa», «uzluklilik», «uzluksizlik», «cheksizlik»,«tuganmaslik» 
tushunchalari bilan tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy bilimga tayanuvchi borliqning falsafiy talqini 
olamning universal yaxlitligini, dunyoning birligini ochib beradi. Dialektika kategoriyalari 
borliqning universal aloqalarini bilish shakli hisoblanadi. 
Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida namoyon bo‘ladi. 
Aloqalarni tasniflash turli asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi. Xususan, bir tomonlama va o‘zaro 
aloqalar, to‘g‘ri va egri aloqalar, bevosita va bilvosita aloqalar, ichki va tashqi aloqalar 
farqlanadi. Hajm jihatidan aloqalar umumiy, alohida va xususiy bo‘lishi mumkin. Mazmun 
jihatidan genetik, funksional, strukturaviy, energetik, moddiy, informatsion va boshqa aloqalar 
farqlanadi. Aloqalarning butun rang-barangligi fanning qaysidir bir tarmog‘i doirasida tadqiq 
etilishi mumkin emas. Ularning muayyan turlari maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin