Dialektik ziddiyat – bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita birligidir.
Qarama-qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi bo‘g‘inlar esa – ularni echish
mexanizmidir. Quyidagi dalillar bog‘lovchi bo‘g‘inlar roli va qarama-qarshiliklar tushunchasiga
misol bo‘lishi mumkin: Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi
holati, balki o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi genetik kod bog‘lovchi
bo‘g‘in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‘ta boy va o‘ta qashshoq qatlamlari qarama-
qarshiliklari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘rta sinf bajaradi. O‘rta sinf mamlakat
aholisining aksariyat qismini tashkil etishi lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror
bo‘lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan. Zero, mayda mulkdorlar olgan
daromadining bir qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor kon’yunkturasini
o‘rganadi va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi. YAna
bir misol – shaxs va jamiyat munosabatlari. Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklar
hisoblanadi, shaxs a’zo bo‘lgan ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida
amal qiladi. Bu va boshqa dalillar bilishda
ichki qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham, bog‘lovchi bo‘g‘inlarni ham hisobga olish muhim ekanligini ko‘rsatadi. XX asr 30-yillarining
boshida ingliz fizigi Pol Dirak pozitronlar, ya’ni elektronlarga o‘xshash, lekin
musbat zaryadga
ega bo‘lgan zarralar mavjudligini bashorat qildi. Garchi olim
o‘z nazariyasida biron-bir xato
topmagan bo‘lsa-da, aksilzarralar mavjudligiga
uning ishonchi yuq edi.
SHunday qilib, qarama-
qarshiliklar aloqasi va ziddiyatlarni echishning bir-biri bilan bilvosita bog‘liqligi umumiy
xususiyat kasb etadi, aloqa usuli esa
bog‘lanish xususiyati bilan belgilanadi. Bog‘lovchi
bo‘g‘inlarning o‘zi ziddiyat qarama-qarshi a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi.
Tafovut – avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. «Tafovut» – har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa narsalar, hodisalar,
jihatlarga mos kelmaslik munosabati. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin.
Kuchli tafovut – predmetning o‘z-o‘zi bilan ziddiyatga kirishish omili . Bu qarama-qarshilik bosqichi
bo‘lib, uning echilishi predmetning butunlay o‘zgarishiga olib keladi. SHunday qilib,
ziddiyatlarning kuchayishi va o‘z echimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi. Rivojlanish
manbai va rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchni farqlash lozim. Rivojlanish manbai – ichki
hodisa, predmetning ichki ziddiyatlaridir. Vaholanki, tashqi ziddiyat ham rivojlanishni
harakatlantiruvchi kuch bo‘lishi mumkin. Masalan, siz shamollab qoldingiz. Ayni holda tashqi
muhit sizning holatingiz o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuch bo‘ldi. Dialektik ziddiyat tarkibida
asosiy tomon manfiy xususiyatga ega, chunki u mazkur ziddiyatni bartaraf etish, inkor qilishga
qaratilgan. Musbat tomon mazkur ziddiyatni saqlashga qaratilgan.