Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

 
Ziddiyatlarning turlari. 
Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi. 
Xususan, 
1) namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra – ichki va tashqi ziddiyatlar; 
2) rivojlanishdagi roliga ko‘ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar; 
3) vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar; 
4) jamiyatdagi tipiga ko‘ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi. 
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni. 
Hodisalarga makon–vaqt 
mezoni nuqtai nazaridan tavsif berish jarayonida «qaerda?»va «qachon?» savollari birinchi 
o‘ringa chiqadi. Ularni bilishga nisbatan boshqa bir yondashuv «nima?» savoli bilan bog‘liq. 
Ma’lum joyda va ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan mazkur hodisa nimadan iborat? U qanday 
xossalar bilan tavsiflanadi? Boshqa hodisalardan uning farqi nimada va qay jihatdan ularga 
o‘xshash? Bunday savollarga javob hodisalarni sifat va miqdor jihatidan tavsiflash orqali 
beriladi. Mazkur tavsif predmeti sifat va miqdor kategoriyalari bilan ifodalanadi. Eng sinchkov 
tahlil ham hodisada sifat yoki miqdor jihatidan tavsiflash mumkin bo‘lmagan narsani aniqlash 
imkonini bermaydi. Binobarin, sifat va miqdor – hodisaning qoldiqsiz «parchalanuvchi» ikki 
tomonidir.Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining 
mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Bu 
qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning 
asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me’yor, sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi. 
Sifat 
narsalarga xos va ularning borlig‘i bilan ayniy bo‘lgan hamda ular- ni muayyan aloqalar 
tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan o‘ziga xos xususiyatni aks ettiradi

Narsalarning sifati ularning chekliligi bilan uyg‘un bog‘liq, zero mazkur sifat yo‘q bo‘lishi bilan 
narsaning o‘zi ham
 
yo‘q bo‘ladi, u boshqa narsaga aylanadi. Sifat – narsaning ichki xususiyati, 
predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur va etarli bo‘lgan xossalar majmui.
 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin