Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Me’yor – 
predmet borlig‘ining chegarasi. U 
miqdor va sifatning shunday bir birligiki, bunda 
muayyan sifat faqat muayyan miqdor bilan bog‘liq. 
Me’yor –bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki 
o‘zgarishlarining tegishli sifat mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i hamdir. 
Me’yor – bu shunday bir chegaraki, unda miqdor o‘zgarishlari narsaning sifatiga putur 
etkazmaydi. Gegel
 
fikricha, «Hamma narsa o‘z me’yoriga ega, ya’ni miqdor jihatidan aniqdir
4
» 
Masalan, vodorod peroksidi va suv bir-biridan molekulalardagi kislorod atomlarining miqdoriga 
ko‘ra farq qiladi. Huquqiy, axloqiy va estetik hodisalar tavsifida me’yor tushunchasi normativlik 
xususiyatini kasb etadi. «Aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali engiltaklik me’yori buziladi va 
butunlay boshqa narsa – jinoyat namoyon bo‘ladi, aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali adolat 
haqsizlikka, fazilat nuqsonga o‘tadi
5
». Masalan, huquqda qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi 
4
Гегель Г.В. Энциклопедия философских наук. Соч. Т. 1. –М.: с.145.
5
Гегель Г.В. Наука логики. Т. 1. –М.: 1970 й. с. 467.


5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
74 
va jazo chorasi o‘rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me’yor tushunchasida miqdor va sifat 
xossalarining o‘zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda kuzatiladigan narsalarning bir holatdan boshqa 
holatga o‘tishi dunyo evolyusiyasining muhim va keng tarqalgan mexanizmlaridan birini aks 
ettiradi. Me’yor tushunchasi evolyusiya tendensiyalarini aniqlash, turli tizimlarning o‘tmishi va 
kelajagi xususida gipotezalar tuzish imkonini beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli 
hodisalarning muayyan ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur hodisalarning kattaligini, 
mavjudlik muddatini va umuman hodisa yoki uning ayrim tomonlari rivojlanishining faollik 
darajasini tavsiflaydi.SHunday qilib, narsa va hodisalar sifat va miqdor xususiyatlariga ega 
bo‘ladi. Ammo narsalar va hodisalarning bu tomonlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud emasdek, 
ularning biri ikkinchisiga bog‘liq emasdek bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin amalda bunday emas. 
Miqdor va sifat o‘rtasida dialektik aloqa mavjud: muayyan sifatni aks ettirmaydigan miqdor 
mavjud emas va shu bilan bir vaqtda miqdorsiz sifat ham yo‘q. Mazkur sifatga qo‘shimcha 
tarzda doim qandaydir emas, balki muayyan miqdor javob beradi. Biz, masalan, uzunligi 
Amudaryo ustida qurilgan ko‘prikning uzunligiga teng bo‘lgan stolni ko‘rmaganmiz. 
 
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qoida umumiy ahamiyat kasb etadi. 
U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni 
kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi: m
iqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi 
qonuni narsaning
miqdor va sifat tomonlarining shunday bir o‘zaro aloqasini aks ettiradiki,
uning ta’sirida miqdor o‘zgarishlari me’yor chegarasidan chetga chiqib, albatta tub sifat 
o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi, bu sifat o‘zgarishlari esa, o‘z navbatida, yangi miqdor 
ko‘rsatkichlariga olib keladi. 
Bu qonunga muvofiq rivojlanish
 
bir-biridan farq qiladigan, lekin 
o‘zaro bog‘langan ikki bosqich – uzluksizlik va uzluklilikning birligi sifatida yuz beradi. 
Rivojlanishda uzluksizlik – bu juda sust, ko‘zga ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari bosqichi. 
Rivojlanishda uzluklilik sakrash deb ataladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin