Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

5.Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. 
Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun 
biz qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday etkazishimizni ko‘rib 
chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash 
jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, predmetlar umumiy va muhim belgilarida ular 
orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar ma’nosini anglaymiz, ularning 
o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir, shu 
sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud 
bo‘lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar yordamida 
ifodalaymiz. 
So‘z –fikr va dunyo o‘rtasidagi vositachi
. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni 
boshqalarga etkazish vositasi hisoblanadi. So‘z boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni 
anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob’ektiv borliqni aniqroq va teranroq 
aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning 
muayyan doirasini yaratadi. 
Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi 
xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi
. Masalan, 
«talaba», «universitet», «auditoriya» so‘zlari muayyan darajada umumiy va mavhumdir. Ammo 
shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o‘ta umumiy narsalar va 
hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish 
(muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi. Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy 
yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi bilan aniq belgilangan); «atirgul» (bu erda «bu» ishorasi 
mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd etadi. 
SHundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab 
oladi. SHunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz, chunki 
e’tibor barcha gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi. «O‘simlik» so‘zi butun 
o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va yanada kengroq mavhumlik hisoblanadi. 
Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida harakatni davom ettiramiz. Bu yo‘lda 
«tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki 
hayvonot dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada 
yuqoriroq darajasida turadi. Bunday tushunchalar – kategoriyalar (yunon. –«asos», «umumiy 
baho») deb ataladi. Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin