Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Qarama-qarshilik birligi nima? 
Birinchidan, qarama-qarshiliklar birligi – bu ularning 
uzviyligi. 
Har bir qarama-qarshilik boshqa bir qarama-qarshilikning mavjudlik sharti hisoblanadi. 
Ular alohida-alohida mavjud
 
bo‘lishi mumkin emas (agar qarama-qarshiliklardan biri yo‘q 
bo‘lsa, ularning
 
ikkinchisi ham yo‘q bo‘ladi). Ikkinchidan, qarama-qarshiliklar birligi ular bir-
birini taqozo etgan va bir-biriga o‘tgan holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Har qanday 
qarama-qarshilik o‘zida mavjud bo‘lmagan, lekin boshqa qarama-qarshilikda mavjud bo‘lgan 
jihatga muhtoj bo‘ladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Qarama-qarshiliklar bir-biriga 
ta’sir ko‘rsatish orqali bir-biriga o‘tadi. Bu qarama-qarshiliklar makonda bir-biridan 
ajratilgan,turli jinsli hodisalar sifatida mavjud bo‘lmasligini, ularning har biri o‘zida 
boshqasining muayyan jihatini mujassamlashtirishini anglatadi (masalan, o‘quv jarayoni 
o‘qituvchi va talablar mavjudligini nazarda tutadi).Qarama-qarshiliklarning qarshi harakat 
(«kurash»)ga doir munosabati nima? Qarama-qarshiliklar bir-birini taqozo etar va rivojlanar 
ekan, biri boshqasiga «beparvo» bo‘lmaydi, balki bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ularning 


5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
71 
o‘rtasida qarshi harakat, kurash boradi. Uning mohiyati yagonalikka barham berishdan iborat. 
Qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o‘zidan itarib chiqaradi, undan xalos bo‘lishga 
harakat qiladi. SHunday qilib, qarama-qarshiliklar kurashi qarama-qarshiliklar bir-birini inkor 
etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz beradi. Qarama-qarshiliklar birligi narsaning 
barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, o‘tkinchi hisoblanadi. Qarama-qarshiliklarning kurashi 
mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon to‘xtamaydi. 
Ziddiyatlar 
– narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish va bir-
biriga o‘tish munosabatlaridir. Ziddiyatlar borliqning barcha hodisalari va jarayonlariga xos 
bo‘lib, o‘zgarish va rivojlanishning manbai, harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni 
shu sababli ziddiyat dialektik ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh 
kategoriya hisoblanadi. Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki ularning 
tarqalish jarayoni hamdir. SHu tufayli ham, Gegel g‘oyalariga asoslanib, ziddiyat tarqalishining 
quyidagi bosqichlari (fazalari) farqlanadi: ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat va asos 
(ya’ni ziddiyatning echilishi). 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin