j) Zaruriyat va tasodif. Narsa va hodisalarning mohiyatidan, ularning ichki muhim bog‘lanishlaridan muayyan
sharoitda qat’iy ravishda kelib chiqadigan, kelib chiqishi muqarrar bo‘lgan voqea yoki hodisa
zaruriyat deb ataladi. Narsa va hodisalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, tashqi ta’sir va
ikkinchi darajali omillar bilan bog‘liq, bo‘lgan, ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi
ham mumkin bo‘lgan hodisa yoki voqea
tasodif deyiladi. Zaruriyat va tasodif o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydigan borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zgarishi va
rivojlanishiga oid aloqadorlikning ikki tomonidir. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va ayni
vaqtda bir-biridan farq ham qiladi. Bu farq, avvalo, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan
xarakterlanadi. Zaruriyatning bunday o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: 1) zaruriyatning
sababi o‘zida bo‘ladi, u mazkur narsa yoki hodisaning ichki tabiatidan kelib chiqadi, u mohiyat
bilan bog‘liq; 2) zaruriyat narsa va hodisaning muhim, takrorlanib turadigan ichki
aloqadorliklarning natijasidir; 3) zaruriyat narsa va hodisaning oldingi bo‘lgan o‘zgarish va
rivojlanishlari orqali qonuniy tayyorlangan bo‘ladi; 4) zaruriyat muqarrarlik xususiyatga ega
bo‘lib, albatta, yuz beradi; 5) zaruriyat umumiy xarakterga ega; 6) nihoyat, zaruriyat doimo
qonuniyat bilan bog‘liq, bo‘ladi.
Tasodif zaruriyatdan farqli o‘laroq, muayyan sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi
ham mumkin, u shu tarzda ham, boshqacha tarzda ham yuz berishi mumkin. Tasodif ayni vaqtda
narsa yoki hodisaning mohiyatidan kelib chiqmaydi, u beqaror va vaqtinchadir. Ammo tasodif
ham sababsiz yuz bermaydi. Uning sababi, odatda, narsa yoki hodisaning o‘zida bo‘lmay, balki
undan tashqarida tashqi shart-sharoitlarda bo‘ladi. Tasodif ham o‘ziga xos quyidagi xususiyatlar
bilan xarakterlanadi: 1) tasodifning sababi o‘zida emas, balki boshqa narsa va hodisadadir, u
ichki sabab asosida emas, tashqi sabablardan kelib chiqadi; 2) tasodif borliqdagi nomuhim
bog‘lanishlardan kelib chiqadi; 3) u narsa yoki hodisaning butun rivojlanish davomida emas,
balki turli jarayonlarning ta’sirida sodir bo‘ladi; 4) tasodif narsa va hodisalar rivojlanishining