Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Bilimning asosiy turlari. 
Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin, balki hatto 
mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri 
hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta’rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning 
juda ko‘p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo‘yib bo‘lmaydi. Shuni e’tiborga 
olib, bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz. Odatda, biz nimanidir bilishimiz 
haqida gapirganimizda, o‘zimiz bu «nimadir» haqida ancha to‘g‘ri tasavvurga egamiz, deb 
hisoblaymiz. Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki faqat o‘z shaxsiy fikrimiz 
emasligiga ham ishonchimiz komil bo‘ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni mustahkamlovchi 
qandaydir dalillar keltirishimiz mumkin. Shunday qilib, o‘z shaxsiy hayotimizda biz amaldagi 
holatga mos keladigan va ma’lum asoslarga ega bo‘lgan ishonch, e’tiqodni bilim deb 
hisoblaymiz. Teran ma’no bilan sug‘orilgan bu bilim talqinining umumiy ruhi gnoseologiyada 
ham saqlanib qolgan. Ayni zamonda, gnoseologiya bu talqin zamirida mujassam ba’zi bir 
holatlarni aniqlaydi va ularga oydinlik kiritadi. «S sub’ekt qandaydir P predmetni biladi», degan 
standart gnoseolgik talqin quyidagi uch shartni o‘z ichiga oladi: 
○ 
Haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo‘lsa, u holda S P ni biladi». 
Biz Chimyon 
Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti Chimyon chindan ham 
Toshkentdan shimolroqda joylashgan bo‘lsa. Agar biz Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb 
aytsak, bizning bu fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo‘ladi.
 
○ 
Ishonchlilik (e’tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga ishonadi (uning 
mavjudligiga e’tiqodi komil bo‘ladi). 
Masalan, agar biz
 
O‘zbekistonda daryo bor desak, biz 
uning amalda mavjudligiga ishonamiz. Odatda,
 
bilim shunday ishonch yoki shunday e’tiqod 
hisoblanadi va ularni ajratish mumkin emas. Shunday bir vaziyatni tasavvur qiling: siz oyna 
oldiga kelib, tashqarida
 
yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘rasiz. Siz: «Yomg‘ir yog‘yapti, lekin men 
bunga ishonmayman»,deysiz. Bu iboraning anoto‘g‘riligi bilimimiz bizning e’tiqodimiz 
ekanligini ko‘rsatadi.
Asoslilik sharti «S P ni biladi, basharti u o‘zining P ga bo‘lgan ishonchini 
asoslab bera olsa». 
Bu shart bilimni to‘g‘ri chiqadigan taxminlar yoki tasodifan mos kelish 
hollaridan farqlash imkonini beradi. Aytaylik, siz besh yashar
 
bolakaydan: «Quyosh tizimida 
nechta sayyora bor», deb so‘radingiz va «To‘qqizta»,
 
degan javobni eshitdingiz. Siz bola 
sayyoralar sonini tasodifan to‘g‘ri aytdi,
 
deb hisoblaysiz. Agar u o‘z javobini hech bo‘lmasa buni 
onasidan eshitganini
 
aytib, asoslab bera olmasa, siz bolakayda bu dalil haqida haqiqiy bilim 
mavjud emas, degan to‘xtamga kelasiz.
 
Shunday qilib, bu «uch qismli» talqinga muvofiq, 
quyidagi muxtasar ta’rifni berish mumkin: 
bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan 
ishonch-dir. 
Bu ta’rif ancha sodda bo‘lib, uni bilimning barcha turlariga nisbatan
 
tatbiq etish 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin