Lokomotivlarning aylanma uchastkalari



Yüklə 42,19 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü42,19 Kb.
#196271
  1   2
Tashkil etish



Пользователь
[название организации]

[Название документа]
[Подзаголовок документа]

Lokomotivlarning aylanma uchastkalari
Lokomotivlarning aylanish uchastkalari- lokomotivlarning ishi aylanish punktlaridagi stansiya bilan chegaralangan temir yo’l tarmog’ining bir qismidir. Shu turdagi barcha lokomotivlarning ishi, poyezdlar bilan qo’shilishi (yoki ajratib olinishi) va jo’natilishi (yoki ajratib olinishi) faqat bir-biriga qarama-qarshi keluvchi yo’nalishlarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, lokomotivlarning uchastkadan uchastkaga tasodifan ustun kelishi davomida ta’mirlash ishlari, texnik xizmat ko’rsatish, TO-3 yoki TO-4 yoki sozlash bo’yicha ishlar ham amalga oshiriladi. Lokomotivlarning aylanish sxemasining mos kelishida va uchastkalarning turi bo’yicha tarmoqlanishida lokomotivlarning bir-biri bilan kelish va ketish vaqtlari ko’zda tutiladi.
Qisqa aylanma uchastkasi va aylanish zonasi nima
Lokomotivlarning aylanish sxemasi quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: qisqa aylanish uchastkasi, uzaytirilgan va tarmoqlangan uchastkalarga bo’linadi.
Lokomotivlarning qisqa aylanish uchastkalari – lokomotiv brigadalarining ishi, ushbu uchastka ishiga mos kelishi kuzatiladiga temir yo’l liniyasining qismi. Poyezd lokomotivlari qisqa uchastkalardagi lokomotivlardan foydalanish ko’rsatkichi bo’yicha bir yoki bir necha uchastkalarga xizmat qiladi. II kategoriya lokomotiv brigadalarining ish uchastkalarida oborot punktida almashtirish bilan yurishlar qatnovini mustahkamlab qo’llash mumkin.
Shuningdek, lokomotivlarni reyslar bo’yicha jo’natilishi, yetib borishi, kelishi brigadaning ishlashi dam olishi ta’minlangan.

Lokomotiv brigadalarini harakatlanish sxemalari
Lokomotiv brigadalarini harakatlanish sxemalari ularning ish unumdorligiga bog’liq. Shuningdek, lokomotiv brigadalarining mehnat sharoiti va dam olishi, keng o’rinda brigadalarini boshqarish sxemasidan joy olgan. Lokomotiv brigadalarini harakatlanish sxemalari quyidagicha:
Yelkali (oddiy)- ular birgina ro’yxatdan o’tgan punktda xizmat ko’rsatiladigan lokomotiv brigadalarining ish uchastkasi.
Qoplanadigan usulda lokomotiv brigadalarining yo’lda yurishi bir oyda 20-30 soat ni tashkil etsa, uyda dam olishi esa ishlagan soatining 2%-4% ga teng deb belgilangan . Mashinistlarning va ular yordamchilarining ish unumdorligining qisqarishi, yo’lovchilar bilan borib kelishi hisobidan ham yo’qotilishi mumkin.
Harakat turlari bo’yicha lokomotiv brigadalari quyidagicha farqlanadi:
Bo’lingan – lokomotiv brigadalarining qaysidir turida (yuk yoki yo’lovchi) poyezdda birga kuzatib boradi.
Aralash – mashinistlarning va ularning yordamchilari kelishuvi bilan birga yo’lovchi va yuk poyezdlarining bittasida kuzatib boradi.
Mashinistlar guruhi yuk poyezdlari va yo’lovchi tashish harakat huquqiga ega bo’lishi kerak.

Lokomotivlar quyidagi eng muhim xususiyatlarga ko’ra tasniflanadi.


Xizmat turi bo’yicha:
-yo’lovchi;
-yuk;
-universal (yuk-yo’lovchi, manyovr-eksport va boshqalar );
-manyovr;
-sanoat lokomotivlari.
Yo’lovchi yoki yuk xizmatlari bilan ishlaydigan lokomotivlar poyezd deb ataladi.
Sanoatning kirish yo’llarida va sanoat korxonalarida dizel lokomotivlari ishlatiladi.
Koleyaning o’lchamlari bo’yicha:
-keng o’lchamli (1520mm );
-qisqa o’lchamli (610-1067 mm).
MDH va Finlyandiya, Mo’g’uliston, Boltiqbo’yi mamlakatlari bo’ylab koleya 1524 dan 1520 ga o’tkazilgan.
Kuzovning turlari bo’yicha:
-vagon kuzovli;
-qopqoq kuzovli .
Yopiq vagon kuzovli turi barcha asosiy dizel lokomotivlari va elektr lokomotivlarida qo'llaniladi. Lokomotiv uskunasini ob-havodan himoya qiladi va lokomotiv brigadasi uchun normal ish sharoitlarini yaratadi.
Qopqoq kuzovli turi manyovr va sanoat dizel lokomotivlari uchun ishlatiladi. Jihozlarni tekshirish uchun yon tarafdagi platformalar, mashinistning kabinetidan chiqib borish imkoniyatini ta'minlaydi.
Bo'limlar soni bo'yicha:
bir bo'limli;
ikki bo’limli;
ko’p son bo’limli.
Bir bo’limli lokomotivlar odatda ikkita mashinistga ega bo'lib, harakat yo'nalishini o'zgartirilganda lokomotivni ishlatib bo’lmaydi. Mashinist kabinalarida qidiruv bo'limlari bo'lmasligi mumkin, ular bosh qismlardan nazorat qilinadi.
Seksiya turi bo'yicha:
-ikkilik turi;
-uchlik turi;
-to’rtlik turi hosil bo'ladi.
Odatda lokomotiv qismida ikkita seksiya mavjud. Ularning har biri 2 o'qi g'ildiraklarining ikki, uch yoki to'rt juftlarida joylashadi. Odatda ikkita o'q birlashgan qismi bitta o’q ramasidan tashkil topgan.
Telejkalarni mashinist turiga ajratishi bo’yicha:
-alohida g'ildiraklar bilan, har bir g'ildirak jufti o'z elektr motori (vosita) tomonidan boshqarilganda;
-ikki yoki uch g'ildirakli juft, bir elektr motor yoki gidravlik uzatish bilan gidromexanik bir guruhli boshqarilganda.
Lokomotivdan foydalanish vaqti bo’yicha baxolash uchun, aylanish uchastkasi yoki tortuv elkasidagi bir juft poezd tomonidan xizmat ko’rsatilishida sutka davomida uning aylanmasining elementlarini etarli darajadagi aniqlik bilan ko’rib chiqish lozim bo’ladi.
Temir yo’lning aniq bir uchastkasida bir juft poezdga xizmat ko’rsatish uchun lokomotivning ketkazgan vaqti, lokomotiv aylanmasi deb ataladi. Ushbu vaqt bir nechta elementlar yig’indisidan iborat.
Lokomotivning to’liq aylanmasi – bu lokomotivning asosiy deponing nazorat postiga chiqish vaqtidan boshlab, shu nazorat punktiga keyingi chiqishigacha bo’lgan vaqtga aytiladi.
Aylanish grafiki - bu qatnov uchastkasida lokomotivlar ishining dinamik modeli. Bu grafik masshtab bo‘yicha tuzilgan sutkali setkaga bog‘langan aylanish vedomostining grafik tasviri. Aylanish grafikida tanlangan masshtabda lokomotivni aylanish punktlari orasida har bir poezdni yurish vaqti, hamda texnik xizmat ko‘rsatishga, lokomotivlarni har bir aylanish punkti bo‘yicha qabul qilish va topshirishga ajratilgan me’yoriy vaqtlarga rioya qilgan holda, kelish va jo‘nash vaqtlarini poezdlarning jadval bo‘yicha kelish va jo‘nash vaqtlari bilan haqiqiy bog‘lanishini hisobga olib, ushbu punktlarda lokomotivlarni bekor turish vaqtlari ham kiritiladi
Lokomotivlarni aylanish grafikini tuzish uslubi quyidagidan iborat: bitta shartli lokomotiv bilan belgilangan ketma−ketlikda aylanish uchastkasida lokomotivlar aylanishini bog‘lanishi (uvyazka) ning belgilangan shartlariga rioya qilgan holda poezdlarning barcha juftliklari tashiladi. Grafikka binoan lokomotivning poezd bilan harakatlanish va aylanish punktlarida bekor turish vaqtlari qabul qilingan masshtabda uzunligi 24 soatga teng gorizontal chiziqqa proeksiyalanadi. Birinchi sutkada 24 soati to‘ldirilgandan so‘ng lokomotiv ishi ikkinchi, keyin uchinchi va h.k. sutkalarga o‘tkaziladi, va to hamma poezdlar tashib bo‘lmagunga qadar davom etadi.
Bitta shartli lokomotiv hamma poezdlarga xizmat ko‘rsatishi uchun kerak bo‘ladigan sutkalar soni (ya’ni masshtabda chizilgan 24 soatli parallel gorizontal qatorlar soni), ular ekspluatatsiya parkining bir sutka davomida berilgan poezdlar juftligiga xizmat ko‘rsatish uchun kerak bo‘lgan lokomotivlari soniga mos.
Lokomotivlarni aylanish grafikini tuzish uslubi quyidagidan iborat: bitta shartli lokomotiv bilan belgilangan ketma−ketlikda aylanish uchastkasida lokomotivlar aylanishini bog‘lanishi (uvyazka) ning belgilangan shartlariga rioya qilgan holda poezdlarning barcha juftliklari tashiladi. Grafikka binoan lokomotivning poezd bilan harakatlanish va aylanish punktlarida bekor turish vaqtlari qabul qilingan masshtabda uzunligi 24 soatga teng gorizontal chiziqqa proeksiyalanadi. Birinchi sutkada 24 soati to‘ldirilgandan so‘ng lokomotiv ishi ikkinchi, keyin uchinchi va h.k. sutkalarga o‘tkaziladi, va to hamma poezdlar tashib bo‘lmagunga qadar davom etadi.
Bitta shartli lokomotiv hamma poezdlarga xizmat ko‘rsatishi uchun kerak bo‘ladigan sutkalar soni (ya’ni masshtabda chizilgan 24 soatli parallel gorizontal qatorlar soni), ular ekspluatatsiya parkining bir sutka davomida berilgan poezdlar juftligiga xizmat ko‘rsatish uchun kerak bo‘lgan lokomotivlari soniga mos.
Qurilgan aylanish grafiki namunaviy deb nomlanadi. U asosiy ikki xususiyatga ega:
1)unga kiritilgan barcha lokomotivlarning sutkali rejasi bo‘ladi. Grafikni gorizontal qatorining tartib raqami grafikka kiritilgan lokomotivlarning birontasini tartib raqamiga mos. Shu qatorga tushgan poezdlarga shu lokomotiv tomonidan ko‘rilayotgan sutka davomida xizmat ko‘rsatiladi;
2) qaytaruvchanlik xususiyatiga ega, ya’ni 1 chi tartib raqamiga ega i chi lokomotiv birinchi sutka davomida grafikning i−qatorida ko‘rsatilgan poezdlarga xizmat ko‘rsatadi; ikkinchi sutkada esa i+1−gorizontal qatorda ko‘rsatilgan poezdlarga, uchinchi sutkada − i+2 qatordagilarga va h.k. SHu xususiyati tufayli namunaviy grafikka uning butun amalda qo‘llanish davri mobaynida ushbu 1 chi lokomotivning ish jadvali sifatida yoki grafikka shu 1−sutkaga kiritilgan hamma lokomotivlar ishining ish jadvali sifatida qarash mumkin.

Yüklə 42,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin