Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Tayanch tushunchalar:
Sezgi, idrok, xotira, xayol, tasavvur, empirik bilim, kuzatish, 
eksperiment,ilmiy dalil, nazariy bilim, muammo, ilmiy muammo, muammoli vaziyat, gipoteza, 
nazariya, kategoriya, tafakkur, mantiqiy tafakkur, tushuncha,mulohaza, xulosa, intuitsiya, 
induktiv 
tafakkur. 
Metod, 
metodologiya, 
metodika, 
metafizika, 
yangi 
metafizika, 
sofistika,eklektika, sinergetika, bifurkatsiya, umumilmiy yondashuvlar, tadqiqot metodlari, 
xususiy ilmiy metodlar, fan metodlari, fanlararo tadqiqot metodlari, xususiy fanlar metodlari, 
empirik tadqiqot metodlari,kuzatish, eksperiment, sotsiometriya metodi, o‘yin metodlari, 
kumatoid. 
«Gnoseologiya» – sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha «gnosis» – «bilim», 
«ilm» va «logos» – «ta’limot», «fan» so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi – «bilish 
haqi dagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jum la dan, 
falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. 
SHu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda 
«epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi. SHuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan 
bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo‘llanilishini o‘rinli deb bo‘lmaydi. Zotan, 
«episteme» so‘zi «pistis» – «e’tiqod» so‘zi bilan uzviy bog‘liq. Biroq, «biz biladigan» (gnosio) 
va «biz ishonadigan» (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy 
bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. SHu bois G‘arbiy Evropa 
falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi. Umuman 
olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda, 
falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning 
muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini 
o‘rganadi. Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. 
Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek, 
diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bunda esa bilish 
(ong)ning mohiyati to‘g‘risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» 
atamasidan foydalaniladi. Shu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab 
olishga harakat qilamiz. 
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‘limi bo‘lib, unda: 
1) insonning dunyoni bilish imkoniyati; 
2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni; 
3) bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi; 
4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar 
bilan o‘zaro nisbati o‘rganiladi. 
Shunday qilib, umuman olganda, 
gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan 
shug‘ullanadi. 
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz,ongning o‘z-o‘ziga, boshqa 
odamlarga va umuman, jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko‘ramiz. 
Biroq bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‘laroq, ongni 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin