6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 92
mulohazalar ko‘rinishida yuzaga keladi va mavjud bo‘ladi. Tafakkur – biror narsa haqida hukm
chiqarish, narsaning turli tomonlari o‘rtasidagi yoki narsalar o‘rtasidagi muayyan aloqalar va
munosabatlarni aniqlash demakdir.
Mulohaza –
fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li bilan biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Masalan, «Terak – o‘simlik» degan
shunday bir mulohazaki, unda terak haqida
uning o‘simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi.
Tasdiqlash yoki rad etish,soxtalik yoki haqiqiylik, shuningdek, ehtimol tutilgan narsalar bor
joyda biz
mulohazalarga duch kelamiz.
Agar bizning ongimizda faqat tasavvurlar, o‘z holicha tushunchalar mavjud bo‘lgan va ular bir-
biri bilan mantiqan bog‘lanmaganida, tafakkur jarayoni ham bo‘lmas edi. Ma’lumki, so‘zning
hayoti faqat nutqda, gapdagina haqiqiydir. Xuddi shuningdek, tushunchalar ham faqat kontekstda
«yashaydi». Ayrim tushuncha sun’iy «preparat», masalan, organizmdan ajratib olingan hujayra
bilan barobar. Tafakkur – biror narsa haqida xulosa chiqarish demak. Bunda biz mulohaza
ko‘rinishida ifodalay olmaydigan tushuncha biz uchun mantiqiy ma’noga ega bo‘lmaydi.
Mulohaza (yoki mulohazalar) – keng ma’noda ifodalangan tushuncha, tushunchaning o‘zi esa –
toraytirilgan mulohaza (yoki mulohazalar), deb aytish mumkin.Nima yuksakroq – tushunchami
yoki mulohaza, degan masala atrofidagi bahslar sxolastik, shuning uchun ham
besamardir.Fikrning bevosita, moddiylashtirilgan ifodasi bo‘lgan gap mulohazani,ifodalashning
og‘zaki shaklidir. Har qanday mulohaza sub’ektning predikat, ya’ni tavsiflanayotgan narsa yoki
hodisa bilan birikuvidir. Shu sababli mulohazalarning mantiqda ko‘rilmaydigan turlari sub’ekt,
predikat va ular o‘rtasidagi aloqaning ehtimol tutilgan modifikatsiyalari bilan bog‘liq. Biz:
«Olov kuydiradi», deymiz. Bu – mantiqan sub’ekt predikat bilan bog‘langan hukm. Olovni ham,
kuyishni ham sezish mumkin, biroq ular o‘rtasidagi aloqani fikrimiz anglaydi. Sub’ektning
o‘zgarishiga qarab mulohazalar, masalan, shaxssiz bo‘lishi mumkin: «Tong otyapti», «Kayfiyat
yo‘q». Yakka, ayrim va umumiy mulohazalar farqlanadi: «Nyuton tortilish qonunini kashf
etgan»
Xulosa – mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida mavjud
mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi.
Xulosa chiqarish tafakkurning shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi. Inson
narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti bilan hozirgi zamon
chegaralaridan o‘tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali ma’lum bo‘lmagan narsalarni oldindan
ko‘rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bo‘lgan voqealarni bashorat qilishi mumkin.