Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
93 
ruhiyati bir-birini belgilashning ko‘p sonli zanjirlariga ega bo‘lgan murakkab tizimidir. SHu 
sababli, sezgining mazmuni nafaqat tashqi ta’sirlantiruvchi kuch, balki tafakkur, xotira,xayolning 
holati bilan ham belgilanadi. Sezish va tafakkur mumkin bo‘lgan narsalar o‘zaro mushtarakdir. 
Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari. 
Nazariy va empirik narsalar va hodisalar muammosi xususida juda ko‘p metodologik adabiyotlar 
mavjud. Bilishning bu darajalarida XX asrning 30-yillarida pozitivizm ta’limotida fan tilini tahlil 
qilish natijasida empirik va nazariy atamalar ma’nosidagi farqlar aniqlangan. Bu farq tadqiqot 
vositalariga ham taalluqli. Biroq, bundan tashqari, tadqiqot predmetining xususiyati va uni 
o‘rganish metodlarining har xilligini e’tiborga olib, ilmiy bilishning ikki darajasini ham farqlash 
mumkin. Bu farqlarni mufassalroq ko‘rib chiqamiz. Nazariy va empirik tadqiqot vositalarining 
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 
4. 
Haqiqat 
– bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, 
chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub’ektdan tashqarida va undan qat’i nazar mavjuddir. 
Haqiqat – bilimlarning ob’ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish 
in’ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi 
mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan 
boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. SHu ma’noda haqiqat – bilish 
rivojlanishining yakuni va omilidir. 
Falsafa tarixida haqiqat 
(bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq 
ta’riflangan. «Avesto»da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga 
intilgan. Zero, haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buyuk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – 
mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi muvofiqlikdir. Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga 
mos keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu 
g‘oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan. Foma Akvinskiy 
haqiqat yolg‘on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‘ladi, har bir narsa o‘zi bog‘liq bo‘lgan 
aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan. 
Beruniy fikricha, haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha, haqiqatni bilish 
aqlning kamolotiga bog‘liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa, faol aqlga qo‘shilish 
orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo‘lgan. Birinchi sababdan boshlab to 
oxirgi haqiqatning barcha sura shakllari mavjud. SHuningdek, Forobiy va uning izdoshlari 
fikricha, haqiqat bir nechta bo‘lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois falsafa ham bir nechta 
bo‘lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‘zgarmasligiga ishongan va falsafani haqiqatning 
birdan bir ifodasi deb hisoblagan
5


Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin