Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

 
 
Amaliyot. 
Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi
. Bu insonning butun bilish jarayoni 
sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi, 
uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo‘lga solinishini anglatadi. 
Amaliyotning tarkibiy qismlari: 
1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) amaliyot 
vositalari; 4) amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi kabilar
.
 
Maqsad sub’ektga yoki 
odamlar guruhiga xos. 
Maqsad – erishish mo‘ljallangan kelajakning sub’ektiv obrazi. 
Pirovard 
maqsad muqarrar tarzda muayyan predmetlarga bog‘lanadi, deb o‘ylash yaramaydi. Insonning 
chegara bilmas intilishi
 
bilan tavsiflanadigan ideal ham maqsad bo‘lishi mumkin. Maqsad 
haqidagi falsafiy ta’limot – teleologiya, deb ataladi. Amaliyot o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi
 
odamning faoliyatidir. Shu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat hisoblanadi.
 
Bu faoliyatning 
6
Beruniy. Hindiston. –Т.: «Фан», 1966 y. 25-b.
7
Милитан В. Психология лжи. –М.: «АСТ», 1993. с. 39.


6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
95 
o‘zi maqsad timsoli sifatida amal qiladi. Bu erda sub’ekt muqarrar tarzda g‘ayri niyatni emas, 
balki kuchni tan oladigan tabiat bilan
 
to‘qnashadi. Inson tabiatga tabiiy kuch sifatida qarshi 
turadi.
Maqsadga erishish uchun ishga solinadigan hamma narsa amaliyot vositasi deb ataladi
. Bu 
nafaqat mashinalar, mehnat qurollari, balki odamlarning bilimlari va hayot tajribasi hamdir. 
Harakat qaratilgan narsa amaliyot ob’ekti deb ataladi. Faoliyat mahsulotda to‘xtaydi, maqsad 
ro‘yobga chiqadi. Ro‘yobga chiqqan maqsad
 
maqsad emas. Imkoniyat borliqqa aylanadi; amaliy 
harakat bajariladi. Amaliy
 
harakatlar estafetasi inson amaliyoti, uning faol hayotini tashkil etadi.
 
Amaliyot natijasiga erishish bosqichida sub’ekt o‘z harakatlarining samaradorligini, ularga 
yo‘ldosh bo‘lgan emotsional va oqilona jihatlarni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaliyot 
haqiqat mezoniga aylanadi. Amaliyot haqiqatning birdan-bir mezoni emas, biroq u haqiqatni 
baholashning bosh mezonlaridan biri sifatida tan olinadi. Inson o‘z tafakkurining haqiqiyligini, 
uning butun qudratini amaliyotda isbotlab berishi lozim. Amaliyot tarkibida har xil ahamiyatga 
ega bo‘lgan nisbatan mustaqil jihatlar mavjud bo‘lib ular falsafiy ta’limotlar mazmunida o‘z 
aksini topadi. Kantchilar amaliyotni tahlil qilishda sub’ektning faolligidan kelib chiqadilar. 
Markschilar amaliyot vositalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Vaholanki, amaliyot yaxlit hodisa 
bo‘lib, bu erda hamma narsa o‘zaro bog‘langandir. Amaliyotni tarkibiy qismlarga ajratish va ular 
o‘rtasida subordinatsiya o‘rnatish doim ham o‘rinli bo‘lavermaydi.Dunyodagi barcha narsalar va 
hodisalar kabi amaliyot ham u yoki bu darajada rivojlangan shakllarda mavjud bo‘ladi. Nafaqat 
ijtimoiy ishlab chiqarish,balki insonning har qanday faoliyati amaliyot hisoblanadi. Masalan, 
individual tafakkur jarayoni ham amaliyotdir. Amaliyotda nafaqat ishchi va muhandis, balki 
siyosatchi, olim, xullas, har bir odam ishtirok etadi. Agar tabiiy jarayonlar inson faoliyati sohasi 
bilan bog‘liq bo‘lmasa, ular amaliyot sohasiga kirmaydi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi 
tafovutni bartaraf etish lozimligi to‘g‘risida ko‘p so‘z yuritiladi, demak, nazariya amaliyotga zid 
bo‘lishi mumkin. Boshqa bir yondashuvga ko‘ra, yaxshi nazariyadan amaliyroq narsa yo‘q. 
Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi soxta tafovutni bartaraf etish emas, balki amaliyotni 
rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Samarali ish ko‘radigan sub’ekt 
va jamiyat yaxshi amaliyotchidir. Amaliyot shakllariga kelsak, ular inson faoliyatining tarkibiga 
muvofiq ancha ko‘p. Masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayot amaliyoti, san’at va 
fan amaliyoti, til amaliyoti va hokazolar bor. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya’ni 
amaliyotning barcha shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan yondashadi. 
5.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin