6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI
96
bilish
vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi
turli o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik
tadqiqotining muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Umumilmiy-tadqiqot metodlari
falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-
metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi.
Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya»,
«tizim», «element», «oqilonalik», «ehti mollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Birinchidan, bir
qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning
alohida xossa, belgi va tushunchalari
umumilmiy
tushunchalarning mazmuniga
«singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy
kategoriyalardan
farqli
o‘laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni
formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos
jihatlaridir.
Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi –
muayyan umumiy darajani o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lsa, umumilmiy tushunchalarga
ko‘proq umumiy mavhum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavhum-formal vositalar yordamida
ifoda etish imkonini beradi
. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) echishda «ishtirok
etish» sharti muayyan
«tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini
aniqlashning muhim mezonidir.
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida
bilishning tegishli metodlari, tamoyillari
ta’riflanadi, ular esa, o‘z
navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan
oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: