Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Bashorat qilish 
«murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini tashkil etadi. 
Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va mazkur hodisa chegaralarining 
kengayishi bilan bog‘liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini 
beradi. Ilmiy
 
bilish nafaqat kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda 
shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini
 
shunday 
tavsiflash mumkin: bashorat qilish uchun bilish, ish ko‘rish uchun bashorat qilish kerak. 
Masalan, D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan kimyoviyelementlarning mavjudligini 
bashorat qilgan edi. 
Intuitsiya 
– 
haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab etish qobiliyatidir
. U doim 
inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish
 
mahsuli hisoblanadi. SHu ma’noda faqat 
iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq
 
odamlargina intuitiv bilishga qodir.
 
Intuitsiya muammosi 
falsafa va tabiatshunoslik tarixida har xil, ba’zan
 
bir-birini istisno etuvchi yondashuvlar, nuqtai 
nazarlar va tasavvurlar bilan
 
tavsiflanadi. Antik falsafadayoq bu muammo atrofida keskin 
bahslar bo‘lgan.
 
Ioniya falsafasi namoyandalari intuitsiyaga bevosita bilim, sezgi a’zolari
 
orqali 
bilish shakli deb qaragan bo‘lsalar, eley maktabi vakillari, shuningdek, Levkipp va Demokrit 
bevosita bilim va sezgi a’zolari orqali bilishni
 
rad etganlar, sezgilarni soxta deb e’lon qilganlar. 
Suqrot talqinida intuitsiya «daymoniy» yoki «predmet g‘oyasiga egalik»dir. Platon ham hissiy 
bilishni
 
haqiqat emas deb hisoblagan. 
Hissiy, empirik va nazariy bilish birligi. 
Ko‘p sonli ma’lumotlar sezgi a’zolari orqali va 
oqilona bilish nafaqat bir-biri bilan bog‘liq, balki bir-birini taqozo etishidan dalolat beradi. Inson 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin