10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 142
XA (x) ifoda quyidagicha o‘qiladi: «Hamma X A xossasiga ega». Klassik
mantikqa ko‘ra, agar bu ifodalar arifmetika aksiomalariga mos kelsa, to‘g‘ri (chin)
deb qabul qilinadi. Matematika uchta musbat sonlarning bir butuni h dan tuzilgan,
uni
Klassik
mantiqqa
asoslangan
matematikada
v)
chin
(to‘g‘ri)
hisoblanadi.
A (h)ning tashkil topish usuli qiziqtirmaydi. Intuitiv mantiqda bu
sonning tuzilish usuli ma’lum bo‘lgandagina AxA (X) ifodasi chin (to‘g‘ri)
hisoblanadi. A ning to‘g‘riligidan (chinligidan) V ning to‘g‘riligini bevosita
keltirib chiqarish metodi ishlab chiqilgandagina, implikatsiya (a
Konsruktiv mantiq – hozirgi zamondagi matematik mantiqning asosiy oqimlaridan
biri. Bu mantiq konstruktiv matematikaga asoslanib, intuitiv mantiq qoidalarini
tanqidiy o‘rganish asosida paydo bo‘lgan. Mantiqdagi bu oqim ham Kantor
to‘plam nazariyasidagi paradoksni hal qilishga urinish asosida paydo
bo‘ldi.Konstruktiv mantiq real voqelikda mavjud bo‘lmagan ham, lekin fikrda
qurish mumkin bo‘lgan ob’ektlarni mantiqiy taxlil qiladi. Xususan, Sokrat
mayovtika usulini, Demokrit “Kanon”da (kanon – mezon, qoida) tayyor
bilimlarning chin yoki xatoligini aniqlaydigan usullarni ishlab chiqqan, Arastu
“Organon”ida (organon – bilim quroli) fikrni mantiqan to‘g‘ri qo‘rish va bilimlarni
hosil qilish vositalarini tadqiq etadi. Keyinchalik mantiq qonunmi yoki organonmi
? degan savol mantiqda keng muhokama qilingan.
Logitsizm – bu oqim ham Kantor to‘plam nazariyasidagi paradokslarni hal qilishga
intilish asosida vujudga kelgan. Logitsizm ham noklassik mantiqning tarmog‘i
bo‘lib, mantiq ilmini matematikadan ustun qo‘yishga intilgan oqimdir. Bu tarmoq
vakillari matematika va mantiq ikki xil fan emas, balki bitta yagona fandir, deb
ta’kidlaydilar. Matematikani mantiq doirasiga to‘laligicha kiritish mumkin, buning
uchun xech qanday qo‘shimcha tushunchalar talab qilinmaydi deb ko‘rsatadilar.
Bu fikr matematik haqiqatni aniqlashda juda katta ahamiyatga ega edi. Matematika
rivoji uchun boshqa fanlarga nisbatan mantiq juda katta ahamiyat kasb etadi.
Undagi teoremalar, aksiomalar kuchli mantiqiy asosga ega. Matematika qadimdan
mantiqan izchil fan deb hisoblangan. Biroq matematikani mantiq ilmi bilangina
izohlash mumkin emasligini ko‘pchilik matematik va mantiqshunoslar tan
olishadi.
Logitsizmni XVIII asr nemis faylasufi Leybnits boshlab bergan bo‘lib, uni XX asr
ingliz faylasufi B. Rassel nixoyasiga etkazdi. G. Frege, D. A. Bochvar, A. Chyorch
kabi matematik va mantiqshunoslar B. Rassel karashini keskin tanqid qildilar va
noklassik mantiqni boshqa yo‘nalishlarda rivojlantirdilar.
Mantiq bilish, to‘g‘ri fikrlash metodlarini o‘rganuvchi fandir. Ilmiy bilish
jarayonida metod muammosi qadimgi davr falsafasida qo‘yilgan.Xususan, Sokrat
mayevtika usulini, Demokrit “Kanon”larda (kanon-mezon, qoida) tayyor
bilimlarning chin yoki xatoligini aniqlaydigan usullarni ishlab chiqqan. Aristotel
“Organon”ida (organon-bilish quroli) fikrni mantiqan to‘g‘ri qurish va chin bilim
hosil qilish vositalarini tadqiq etgan. Keyinchalik mantiq kanonmi yoki
organonmi?, degan savol mantiqda keng muhokama qilingan.