Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
140 
aniqlashda grammatikaning roli katta. Biroq yuqorida tilga olingan fanlarning har 
biri tafakkurga o‘z nuqtai nazaridan yondoshadi, uning turli qirralarini ochib 
beradi. Hozirgi kunda mantiq ilmining o‘zining ham turli yo‘nalishlari,tarmoqlari 
mavjud, ular orasida inson tafakkurini eng oddiy qonun – qoidalar bilan 
qurollantiradigan, uni to‘g‘ri fikrlashning tamoyillari bilan tanishtiradigan muhim 
tarmog‘i formal mantiq bo‘lib, u tarixiy kelib chiqishini e’tiborga olgan holda 
an’anaviy mantiq, ommaviyligi nuqtai nazaridan esa, umumiy mantiq deb ham 
yuritiladi. 
Mantiq fani inson tafakkurining eng umumiy shakllari, qonunlari va fikrlash 
usullarini o‘rganadi. Mantiq fani tafakkurni rivojlantiradi, insonda umumiy 
tushunchalar, kategoriyalar bilan ish ko‘rish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Bu esa, 
bugungi fan texnika rivoji jadallashgan sharoitda ilmiy tadqiqotlar olib borish 
hamda ilmiy – nazariy ma’lumotlarni samarali tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi. 
Formal va dialektik mantiq fanlari 
Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi 
ta’kidlanadi. Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib 
qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida o‘rganadi. SHuningdek, 
dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, 
formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda 
nisbatan mustaqil holda olib tadqiq etadi. SHuning uchun dialektik mantiq 
fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiy turg‘unligini 
aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – qoidalariga amal 
qilishni taqazo etadi. Dialektika ham, formal mantiq ham hamma vaqt falsafa 
tarkibida rivojlanib kelgan. 
Dialektika esa rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qarama – qarshiliklar 
darajasiga ko‘tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bo‘lmay, balki ular o‘rtasidagi 
qarama – qarshilik taraqqiyotni ta’minlaydi, deb ko‘rsatadi. Formal mantiq va 
dialektik mantiq bir – biriga muqobil metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot 
hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod sifatida, falsafaning muhim tarkibiy 
qismi sifatida mavjud bo‘lsa, formal mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan 
ta’limotdir. 
Matematik mantiq fani 
Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar yordamida, matematik usul 
asosida o‘rganadi. Bu ta’limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi bosqich 
hisoblanadi. Ammo matematik mantiqning matematikaning o‘zidan ham, mantiq 
ilmidan ham farqli tomonlari bor. SHuning uchun matematikaning barcha 
tomonlarini bu mantiq qonunlari bilan izohlab bo‘lmaydi. SHuningdek, mantiqiy 
qonun va shakllarining hammasini ham matematik usul bilan hal qilib bo‘lmaydi. 
SHunga qaramasdan matematik usul mantiq faniga singib bormoqda, uning 
ajralmas qismi bo‘lib takomillashmoqda. 
Hozirgi zamon mantiq ilmini simvollarsiz, matematik mavhumiyliksiz tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. SHuning uchun mantiq ilmi mutaxassislari matematik mantiq 
asoslari bilan tanish bo‘lishlari zarur.



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin