Tayanch iboralar: Hukm, sub’ekt, predikat, bog‘lovchi, oddiy hukm, murakkkab hukm, modal hukmlar, mantiqiy kvadrat. Xulosa chiqarish, deduktiv xulosa chiqarish, sillogizm, entimema, induktiv xulosa chiqarish, to‘liq induksiya, ommabop induksiya, ilmiy induksiya, ilmiy induksiya metodlari, analogiya, munosabat analogiyasi, modellashtirish,,baxs yuritish, munozara, paralogizm, sofizm, mantiqiy paradoks. Hukmlarning asosiy vazifasi predmetlarning xususiyat va munosabatlarini ko‘rsatish,
predmet va hodisalarga xususiyatning xosligini qayd qilishdir. Biz predmet va hodisalarning
oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga, ularning ichki zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini
bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli
abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Hukmlar orqali
narsalar va hodisalar haqida bilimlar aks etadi. Ular haqida bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun
ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlar aniq, tekshirilgan bilimlarni
ifodalsa, ba’zilarda esa xususiyatning predmetga xosligi ehtimol qilinadi, demak noaniq bilimlar
ifodalanadi.
Hukmlar predmet va hodisalarning hamma tomoni haqida fikrni ifodalaydi. Ular nisbatan
tugallangan fikrdir. Hukmlar predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi ma’lum munosabatlarni
ifodalaydi. SHuning uchun ular chin yoki xato bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni
to‘g‘ri ifodalagan fikrlar chin bo‘ladi, aks holda xato bo‘ladi.
Hukmlarni ifodalash uchun til vositalari talab qilinadi. Hukmlar gaplar orqali ifodalanadi.
Ular mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gaplar grammatik kategoriyadir. Mantiqning vazifasi hukmlarni
turli tomondan o‘rganishdir. Hukmlar predmet va hodisalarga ma’lum bir xususiyatning xosligi
yoki xos emasligini ifodalaydigan tafakkur shaklidir.
Hukmlarni o‘rganishni ularning tuzilishini o‘rganishdan boshlaymiz. O‘rganish qulay
bo‘lishi uchun dastlab ularni oddiy va murakkab turlarga bo‘lib olamiz. Bunda biz hukm
atamalarining miqdoriga, soniga e’tibor beramiz. Hukmning sub’ekt va predikati uning atamalari
deb ataladi. Agar hukm terminlari bittadan bo‘lsa oddiy hukm, birdan ortiq bo‘lsa, murakkab
hukm deyiladi. Sub’ekt
(