Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə317/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Sillogizm aksiomasi. 
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, ikki mushohada asosida sillogizm 
xulosasi hosil qilinadi. Shu o’rinda qanday qilib ikki fikr, ikki asosdan yangi fikr — xulosa hosil 
qilish mumkin? - degan savol paydo bo’lishi tabiiy. Ma’lumki, deduktsiya (ya’ni, fikrning 
umumiylikdan yakkalikka qarab borishi) olamdagi narsa va hodisalar orasida mavjud bo’lgan 
oddiy aloqa va munosabatlarga, asoslanadi. Bu aloqa va munosabatlar ichida jins va tur
umumiylik bilan yakkalik orasidagi munosabatlar alohida o’rin tutadi. Biz o’zimizni o’rab olgan 
ob’ektiv olamni o’rganar ekanmiz, undagi narsa va hodisalar umumiylikka egaligini; bu 
umumiylik alohida predmet va hodisalar tarzida namoyon bo’lishini ko’p bor kuzatganmiz va 
bunda umumga xos bo’lgan xususiyatlar alohidalikda ham namoyon bo’lishini anglaganmiz. 
Vaqt o’tishi bilan umumiylik va yakkalik, jins va tur orasidagi munosabatlarning ongimizda 
takror-takror aks etishi sillogizmning ichki qonuniyatini tushunishga imkon bergan. 
Sillogizmning mohiyatini ifodalaydigan bu qonuniyat mantiqda sillogizm aksiomasi deb 
yuritiladi. Sillogizm aksiomasida buyumlarga xos yakkalik, maxsuslik va umumiylik orasidagi 
munosabatlar ifodalanadi. Unga ko’ra, 
sinfga, turkumga xos tasdiqlangan yoki inkor etilgan 
belgi, xususiyatlar shu turkumga kiruvchi har bir predmetga, har bir hodisaga xos bo’lib 
hisoblanadi. 
Sillogizm aksiomasi deganda sillogizm xulosasining isbot, dalil talab qilmaydigan qoidasi 
nazarda tutiladi. 
Sillogizm aksiomasi uning terminlari R, M, S orasidagi munosabatni 
ifodalaydi. Bunda R umumiylikni ifodalaydi, M uning belgisi. M R ga (ya’ni umumga) xos 
bo’lgani uchun ham u o’z navbatida alohidalik (S) ning ham belgisi bo’lib hisoblanadi. 
Sillogizm aksiomasini quyidagi sxemada ifodalash mumkin:



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin