Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə367/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI 
O‘RNI 
211 
bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko‘rsagina to‘y bo‘ladi. Juda ko‘p hollarda 
bunday yoshlar o‘rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «O‘tgan 
kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o‘rtasidagi sevgini buning mumtoz 
namunasi desa bo‘ladi. Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra ahloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa 
bo‘ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy extiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi. 
Nikohda u ikkinchi darajali mavqe’ni egallaydi. Demak, nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi 
bo’lib, erkak bilan ayolning bir - biriga va bolalariga, ya’ni bir oilaga mansub kishilarning bir - 
birlari oldida va jamiyat oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini 
belgilaydigan oilaviy ittifoqidir. Demak, oila nikoh asosida vujudga keladi. Lekin oila va nikoh 
aynan bir tushunchalar emas. Oila - nikoh va qon-qardoshlik bilan bog’langan kishilarning 
tarixan shakllangan ittifoqidir, eng avvalo, er va xotin, ota - onalar bilan bolalar o’rtasidagi 
munosabatlardir. Nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, bir oilaga mansub kishilarning, eng 
avvalo, er va xotinning va farzandlarning bir -birlari oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va 
huquqiy ma’suliyatini ifodalaydi. 
Oila va nikoh tarixiy hodisa bo’lib, ular jamiyatning kelib chiqishi va taraqqiyotida azaldan 
mavjud bo’lmagan. Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas. Bu to’g’rida 
turlicha nuqtai-nazarlar mavjud. Mutaxassislarning aksariyatining fikricha, oila va nikoh 
munosabatlarining evolyutsiyasi quyidagicha yuz bergan: Ibtidoiy tuzumning avvalida (ilk va 
so’nggi paleolit chegaralarida) umuman oila va nikoh bo’lmagan, u davrda promiskutet deb 
nomlangan tartibsiz jinsiy aloqalar odati hukm surgan, ya’ni to’dadagi har bir ayol barcha 
erkaklarniki va har bir erkak barcha ayollarniki hisoblangan. Keyin bu aloqalar o’rnini guruhiy 
nikoh egallagan. Guruhiy nikohda bir urug’dagi hamma erkaklar boshqa urug’ning barcha 
ayollariga er bo’lish huquqiga ega bo’lganlar. So’ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy 
shakli sifatida juft oila paydo bo’lgan. Juft nikohda esa er - xotin hisoblangan erkak va ayol o’z 
urug’larida yashagan. Bu oila qarindoshlikni ham ota tomonidan (otalik davri), ham ona 
tomonidan (onalik davri) hisoblab borgan, lekin bu oilalarda hali er - xotin nikohi barqaror
alohida xo’jalikka ega emas edi. Bu davrda (bronza davri boshlanishi va temir davrida) tabiiy 
faktor o’z vazifasini tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasida qon -qardoshlar istisno qilindi, 
jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatlariga aylangan nikohda xotin er bilan 
yashash uchun uning urug’iga ko’chib o’tgan. Monogam (yakka nikohlik) oila paydo bo’ldi. 
Nihoyat individual oila bo’lib, bu kichik oilada nikoh er -xotinni hamda ularning bolalarini bir - 
biri bilan mustahkam bog’laydi. Bu holat xususiy mulkchilik rivojlana boshlab ibtidoiy jamoa 
tuzumi emirilayotgan davrga to’g’ri keladi. Oila shakllari nikoh xarakteriga qarab ham bir -
biridan farq qiladi: 1) Poligam (ko’p nikohlik) va monogam (bir nikohlik) oila; 2) hukmronlik 
kimning qo’lida bo’lishiga qarab oila patriarxal (ota yoki aka-ukalarning biri tomonidan 
boshqariladigan) matriarxal (ona tomonidan boshqariladigan), 3) demokratik (er - xotinning 
tengligiga asoslangan) oilaga bo’linadi. Hozirgi jamiyat oilasi "demokratik" oilaning tipik 
shaklidir. 
Mashhur amerikalik faylasuf Jorj SaktaYana (1803-1952) ta’kidlaganidek: "Oila, bu — 
tabiatning shoh asarlaridan biriga aylandi". Fransuz yozuvchisi V. M. Gyugo (1802- 1885): "Oila 
- jamiyatning duru gavhari", — degan edi. Buyuk tatar olimi Rizouddin ibn Faxruddin (1848-
1917) "Oila" asarida Shunday degan edi: "Millatlar sharafini yuqori martabaga ko’taradigan 
narsa millionlar ila sanalmoqda bo’lgan askarlaru dunyoda eng buyuk va zo’r bo’lgan kemalar 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin