Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə365/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI 
O‘RNI 
209 
14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR 
TARBIYASIDAGI O‘RNI 
REJA: 
1.
Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli 
2.
Nikohning qonuniy va diniy jihatlari. 
3.
Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar O‘zbekistonda yoshlar 
tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy 
qadriyatlarining o‘rni
4.
Ajralish va uning axloqiy kamolotga salbiy ta’siri
Tayanch tushunchalar:
Nikoh, oila, er-xotin, poligam, monogam, mahr farzand tarbiyasi, 
oila shartnomasi, axloqiy qadriyatlar, nomus, Oila kodeksi, shariy nikoh. 
Insonning hayoti va turmushida, ayniqsa, yosh avlodning kamolot topishida, axloqiy 
voyaga yetishida oilaning o’rni va vazifasi beqiyosdir. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf - 
odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali 
jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
ta’kidlaganidek: "Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, 
rostgo’ylik, or - nomus, sharmu - xayo, mehru - oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy 
fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan". Bas shunday ekan, oila va nikoh nima, ularning 
mohiyati, maqsadi va ahamiyatini bilish har bir fuqaro, har bir bo’lajak mutaxassis, yosh 
avloddan tortib keksa kishilargacha bilishi zarur va muhimdir.
Oila va nikoh nima? Oila so’zinivg lug’aviy ma’nosi haqida har xil nuqtai nazarlar bor. 
Masalan, Rimliklarda "oila" so’zi (familia) dastlabki mulk egasiga bo’ysunadigan shaxslar (bu 
shaxslar mulkining bir qismi hisoblangan; mulk egasining o’z bolalari, xotini, asir, sotib olingan 
yoki meros bo’lib o’tgan qullar ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. "Ota" so’zi ham dastlab 
hozirgi ma’nodaga otani emas, balki o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan so’zni 
anglatgan. "Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir manbaada quyidagicha izohlanadi: "Oila asli 
arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil” so’zidan chiqqanligi "Farxangi 
zaboni tojikiyda qayd etilgan. "O’zbek tilining izohli lug’ati" da ham bu so’zning arabchaligi 
ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola - chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga 
yashovchi kishilar majmui, xonadon" ma’nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so’zdagi 
ma’no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarli ifodalanmagan. "Oila" 
so’zining lug’aviy ma’nosi uning mohiyatini anglashda va ta’kidlashda muhim negiz bo’ladi. 
Adabiyotlarda oilaning turli ta’riflari mavjud. Shundan eng mukammali quyidagidir: Oila - 
kishilarning tabiiy-biologik (jinsiy munosabatlar, bola tug’ish), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, 
uy - ro’zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan, nikohni davlat yo’li bilan qayd etish), ma’naviy 
(er - xotin, ota - ona va bolalar o’rtasidagi mehr - muhabbat tuyg’usi va boshqa) munosabatlariga 
asoslangan ijtimoiy birligi"
1
. Professor A. Ortiqovning ma’ruza matnlarida, yosh olima 
F.Primovaning oila haqida quyidagi yanada mukammalroq ta’rifi keltirilgan: "Oila jamiyatning 
tarixiy taraqqiyot jarayonida, uning davomiyligini ta’minlovchi tabiiy - biologik, ijtimoiy 
1
O’zbekiston Мilliy ensiklopediyasi 8-jild



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin