Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
29 
tadqiqotlar jabhasi cheklanganligiga qaramay, ilmiy bilishning yangi yo‘llari va vositalarini 
topish borasidagi izlanishlarda muhim rol o‘ynadi. 
 Abu Ali ibn Sino 
(980–1037, buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir 
Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,«Donishnoma», «Hayy ibn YAkzon», 
ayniqsa, keng dovruq qozongan
)
. O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir.Ibn 
Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma’noda qomusiy 
bilimlar egasi bo‘lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning tadqiqot ob’ektlariga ko‘ra 
ajratishga asoslangan tasnifini taklif qilgan. Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari 
o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi va inson ularni anglab etishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi 
va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan. O‘sha davrda u 
shug‘ullanmagan fanning o‘zi bo‘lmagan. Tibbiyot bilan bir qatorda, Ibn Sino falsafa, xususan 
bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan. Ibn Sino moddiy dunyo predmetlarini sezgilar manbai 
deb hisoblab, ularning ob’ektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo in’ikosi sifatida yoritadi. Bundan 
tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb e’tirof etadi. Alloma sezgini materiyaning 
oliy shakllari bilan bog‘laydi. Ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar ekan, sezgi hayvonlar deb 
ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi
8

Ibn Sino neoplatoniklarning jon hissiy narsalarni tananing biron-bir a’zosisiz idrok etadi, degan 
ta’limotini asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok 
etiluvchi narsalarni hech qanday organlarsiz bevosita sezadi, deb faraz qilganlar. Muhitga kelsak, 
bu, masalan, ko‘rish uchun muhit bo‘lib xizmat qiluvchi havo, organlarga kelsak, bu ko‘rish 
organi bo‘lib xizmat qiluvchi ko‘zdir. Biroq ular haqiqatdan uzoqdir,chunki hissiy idrok etish 
jonning o‘zida bu organlarsiz yuz berganida, mazkur organlar behuda yaratilgan bo‘lib chiqar, 
ulardan hech qanday naf bo‘lmas edi», deb yozadi va so‘zining davomida neoplatoniklarning 
qarashlari asossiz ekanligini ta’kidlab, haqiqat sezgilar tana a’zolariga muhtojligidadir degan 
xulosaga keladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin