2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI 28
g‘oyalari nafaqat SHarq fanining, balki G‘arb ijtimoiy-falsafiy tafakkurining rivojida ham
muhim rol o‘ynadi.
Abu Rayhon Beruniy (973–1048 yillar, asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»,
«Hindiston», «Minerologiya»), tabiat va uning ob’ektiv qonunlari mavjudligiga shubha
qilmagan. U tabiat muttasil o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi, materiya narsalar shaklini o‘zi
yaratadi va o‘zgartiradi, jon (tafakkur, ma’naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb
ta’kidlagan. Ma’lumki, tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy
shunday deb yozadi: «Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov bartaraf etishi mumkin,
... so‘zlovchilarning yakdilligiga qaramay, buning haqiqiyligi tajribada o‘z tasdig‘ini
topmagan»
6
.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, «Beruniyni etarli asos bilan o‘rta asr fanida empirik metod
yaratuvchilaridan biri deb hisoblash mumkin. U metallar va minerallarning xossalari va
solishtirma og‘irligini aniqlash bo‘yicha bir qancha tajribalar o‘tkazdi»
7
. Tajribada olingan
bilimni mutafakkir ayrim me’yorlarga muvofiq ishonchli bilim deb talqin qiladi. Ularning
orasida ob’ektlarning kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta o‘tkaziluvchanligi va kuzatishlarning
tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin. Bu mulohazalar tajriba, bilim olish va uning
haqiqiyligini tekshirish metodi sifatida, o‘rta asr sharoitida ham ancha keng tarqalgan, deb aytish
imkonini beradi. Beruniy astronomik kuzatishlar vositasida Oy va Quyoshning tutilishi,
ularning Erdagi hayotga ta’siri, iqlim, tabiiy va sun’iy tanlanish, saqlanish,rivojlanish
anomaliyasi kabi murakkab muammolarni yangi ilg‘or metod va nazariy tamoyillar yordamida
echishga harakat qildi.Beruniy Sharqda astronomiya kuzatish asboblarini yaratish texnikasining
vujudga kelishi va rivojlanishi tarixida ham etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. U o‘sha davrda
ilmiy izlanishlar olib borishda foydalanilgan eski asboblarni takomillashtirish va yangilarini
yaratishga alohida e’tibor bergan. Olimni o‘ta aniqligi va mukammalligi bilan ajralib turuvchi
kuzatish asboblarini yaratish imkoniyati masalasi qiziqtirgan. Shunday qilib, samo jismlarining
holatlarini nafaqat asboblar vositasida, balki o‘rganilayotgan ob’ekt xususiyatiga muvofiq
amalga oshirishni allomaning ulkan xizmatlaridan biri deb hisoblash mumkin. Bunday
metodologik mo‘ljal, ilmiy-tadqiqotlar jabhasi cheklanganligiga qaramay, ilmiy bilishning yangi
yo‘llari va vositalarini topish borasidagi izlanishlarda muhim rol o‘ynadi. Beruniy astronomik
kuzatishlar vositasida Oy va Quyoshning tutilishi, ularning yerdagi hayotga ta’siri, iqlim, tabiiy
va sun’iy tanlanish, saqlanish,rivojlanish anomaliyasi kabi murakkab muammolarni yangi ilg‘or
metod va nazariy tamoyillar yordamida echishga harakat qildi.
Beruniy Sharqda astronomiya kuzatish asboblarini yaratish texnikasining vujudga kelishi va
rivojlanishi tarixida ham etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. U o‘sha davrda ilmiy izlanishlar
olib borishda foydalanilgan eski asboblarni takomillashtirish va yangilarini yaratishga alohida
e’tibor bergan.Olimni o‘ta aniqligi va mukammalligi bilan ajralib turuvchi kuzatish asboblarini
yaratish imkoniyati masalasi qiziqtirgan. Shunday qilib, samo jismlarining holatlarini nafaqat
asboblar vositasida, balki o‘rganilayotgan ob’ekt xususiyatiga muvofiq amalga oshirishni
allomaning ulkan xizmatlaridan biri deb hisoblash mumkin. Bunday metodologik mo‘ljal, ilmiy-
6
Абу Райхон ал-Беруни. Избранные произведения в 6 т. Т. 3. –Т.: 1963 г. с. 44.
7
Хайруллаев М. Философское наследие народов Средней Азии и борьба идей. Фергана,1988
г.с.39.