10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 140
aniqlashda grammatikaning roli katta. Biroq yuqorida tilga olingan fanlarning har
biri tafakkurga o‘z nuqtai nazaridan yondoshadi, uning turli qirralarini ochib
beradi. Hozirgi kunda mantiq ilmining o‘zining ham turli yo‘nalishlari,tarmoqlari
mavjud, ular orasida inson tafakkurini eng oddiy qonun – qoidalar bilan
qurollantiradigan, uni to‘g‘ri fikrlashning tamoyillari bilan tanishtiradigan muhim
tarmog‘i formal mantiq bo‘lib, u tarixiy kelib chiqishini e’tiborga olgan holda
an’anaviy mantiq, ommaviyligi nuqtai nazaridan esa, umumiy mantiq deb ham
yuritiladi.
Mantiq fani inson tafakkurining eng umumiy shakllari, qonunlari va fikrlash
usullarini o‘rganadi. Mantiq fani tafakkurni rivojlantiradi, insonda umumiy
tushunchalar, kategoriyalar bilan ish ko‘rish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Bu esa,
bugungi fan texnika rivoji jadallashgan sharoitda ilmiy tadqiqotlar olib borish
hamda ilmiy – nazariy ma’lumotlarni samarali tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Formal va dialektik mantiq fanlari
Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi
ta’kidlanadi. Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib
qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida o‘rganadi. SHuningdek,
dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa,
formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda
nisbatan mustaqil holda olib tadqiq etadi. SHuning uchun dialektik mantiq
fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiy turg‘unligini
aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – qoidalariga amal
qilishni taqazo etadi. Dialektika ham, formal mantiq ham hamma vaqt falsafa
tarkibida rivojlanib kelgan.
Dialektika esa rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qarama – qarshiliklar
darajasiga ko‘tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bo‘lmay, balki ular o‘rtasidagi
qarama – qarshilik taraqqiyotni ta’minlaydi, deb ko‘rsatadi. Formal mantiq va
dialektik mantiq bir – biriga muqobil metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot
hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod sifatida, falsafaning muhim tarkibiy
qismi sifatida mavjud bo‘lsa, formal mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan
ta’limotdir.
Matematik mantiq fani
Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar yordamida, matematik usul
asosida o‘rganadi. Bu ta’limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi bosqich
hisoblanadi. Ammo matematik mantiqning matematikaning o‘zidan ham, mantiq
ilmidan ham farqli tomonlari bor. SHuning uchun matematikaning barcha
tomonlarini bu mantiq qonunlari bilan izohlab bo‘lmaydi. SHuningdek, mantiqiy
qonun va shakllarining hammasini ham matematik usul bilan hal qilib bo‘lmaydi.
SHunga qaramasdan matematik usul mantiq faniga singib bormoqda, uning
ajralmas qismi bo‘lib takomillashmoqda.
Hozirgi zamon mantiq ilmini simvollarsiz, matematik mavhumiyliksiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi. SHuning uchun mantiq ilmi mutaxassislari matematik mantiq
asoslari bilan tanish bo‘lishlari zarur.