Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
148 
Tushunchaning hajmi esa, unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisini aks 
ettiradi. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi 
mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o‘zida qamrab 
oladi. 
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni 
va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga 
muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha, hajmi 
toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmuniga 
«mantiq»qa oid bo‘lish belgisini qo‘shish bilan hajm jihatidan undan torroq 
bo‘lgan «mantiq fani» tushunchasiga o‘tiladi. 
«Fan» tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan 
torroq bo‘lgan «ijtimoiy ong shakli» tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga 
xos bo‘lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan, huquqiy ongda bo‘lmagan 
spetsifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi. 
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida 
yotadi. 
Tushunchaning turlari 
Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo‘yicha bir qancha turlarga 
bo‘linadilar. Xususan, hajmiga ko‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi. 
YAkka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Mars 
planetasi», «O‘zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. 
Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» 
tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks 
ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi 
mumkin. Masalan, «kimyoviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar 
soni chegaralangan. «YUlduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar 
soni esa cheksiz.
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to‘plovchi tushunchalarni farq qilish ham 
muhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks 
ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. To‘plovchi 
tushuncha ham umumiy tushuncha bo‘lib,u aks ettirgan belgilar shu umumiylikni 
tashkil etuvchi har bir predmetga taaluqli bo‘lmaydi. Masalan, “konferensiya” – 
to‘plovchi, “konferensiya ishtirokchisi” – ayiruvchi. 
Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt va konkret tushunchalarga 
bo‘linadi. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr 
qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib 
olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan, «Inson», «Tabiat» tushunchalari – konkret 
tushunchalar, «Qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go‘zallik» 
(borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt 
tushunchalardir. 
Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish 
mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan 
predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin