Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə301/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
153 
qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz bo‘linuvchi tushunchaning barcha 
turlarini ko‘rsatib o‘tirmasdan, o‘zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga 
zid bo‘lgan tushunchaga birlashtiramiz. SHu bilan birga dixotomik bo‘lish ma’lum 
bir kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq bo‘ladi. 
Undan tashqari, dixotomik bo‘lishdan faqat bir marta foydalangandagina kutilgan 
maqsadga erishish mumkin. Agar, bo‘lish a’zolaridan biri, ayniqsa, inkor 
tushunchani o‘z navbatida bo‘linuvchi tushuncha deb qabul qilib, bo‘lish amalini 
davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin. 
Bo‘lish amali to‘g‘ri borishi uchun ma’lum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular 
bo‘lish qoidalari deb ataladi. 
A. Bo‘lish teng hajmli bo‘lishi, ya’ni bo‘lish a’zolari hajmlarining yig‘indisi 
bo‘linuvchi tushuncha hajmiga teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, bo‘lish 
to‘liqsiz yoki ortiqcha bo‘lib qoladi. Birinchi xil xatoda ba’zi bo‘lish a’zolari 
ko‘rsatilmay qoladi. Masalan, «fe’l zamonlari» tushunchasini «o‘tgan zamon fe’li» 
va «hozirgi zamon fe’li» tushunchalariga ajratsak, ana shunday xato ro‘y beradi. 
CHunki «kelasi zamon fe’li» tushunchasi qolib ketgan. Ikkinchi xil xatoda esa 
ortiqcha bo‘lish a’zosi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, «bilish» tushunchasini 
«hissiy bilish», «tafakkur», «nazariy bilish»ga ajratib bo‘lmaydi. CHunki «nazariy 
bilish» bu erda ortiqchadir. 
B. Bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda, asos 
qilib olingan belgi bo‘lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi zarur. 
Masalan, «Qonun» tushunchasini «Tabiat qonuni», «Jamiyat qonuni», «Bilish 
qonuni», «Statistik qonun», «Dinamik qonun» tushunchalariga bo‘lsak, xato qilgan 
bo‘lamiz. CHunki bu erda bo‘lish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta bo‘lish 
a’zosi qonunning amal qilish sohasi bo‘yicha, qolgan ikkitasi qonun ifoda qiluvchi 
hodisalar xarakteri bo‘yicha ajratilgan. Bu bilan bo‘lishdagi izchillik yo‘qolgan. 
V. Bo‘lish a’zolari hajmi bo‘yicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning uchun 
ular birga bo‘ysunish munosabatidagi tushunchalar bo‘lishi kerak. Agar «Bino» 
tushunchasini «Bir qavatli bino», «Ko‘p qavatli bino», «Osmono‘par bino» 
tushunchalariga bo‘lsak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. CHunki «Ko‘p qavatli 
bino» tushunchasi bilan «Osmono‘par bino» tushunchasi bir-birini hajmi bo‘yicha 
istisno qilmaydi. 
G. Bo‘lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, unda «sakrash» bo‘lmasligi kerak. 
Buning uchun jins tushunchaga eng yaqin bo‘lgan bir tartibdagi tur tushunchalar 
olinmog‘i lozim. Masalan, «Gap» tushunchasini «Sodda gap», «Ergashgan 
qo‘shma gap», «Bog‘langan qo‘shma gap» tushunchalariga ajratsak, bo‘lishdagi 
izchillik yo‘qoladi. Bunda oxirgi ikkita bo‘lish a’zosi «qo‘shma gap» 
tushunchasining turlaridir. Demak, «sakrash» hodisasi ro‘y bergan. 
Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning alohida turidir. 
Tasniflash predmetlarni ma’lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim 
predmetlarga) ajratishdan iborat bo‘lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan 
o‘zining aniq va qat’iy o‘rniga ega. Tasniflash natijalari har xil jadvallar, 
tuzilmalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda o‘z aksini topadi. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin