Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə346/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
189 
o‘lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarki dunyo qiladi va to‘rt ezgu 
haqiqatni anglab etadi hamda uni odamlarga etkazadi. 
Uning qisqacha bayoni shunday: 
1. Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to‘la. 
2. Bu iztiroblarning sabablari bor. 
Z. Bu iztiroblarga barham berish mumkin. . 
4. Iztiroblarga barham bershga oli6 boradigan yo‘llar mavjud. 
Buddhaning to‘rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtai nazaridan muhim. U Buddha 
o‘tgan va xammaning o‘tishi mumkin bulgan nirvanaga (ehtiros, nafrat, pushaymon asta-sekinlik 
bilan so‘nib bo‘lgandan keyingi holatga) etishish yo‘lidir. U sakkiz fazilatga erishuvda iborat: 1) 
to‘g‘ri qarashlar; 2) to‘g‘pi jo‘r’at; Z) to‘g‘ri xatti-harakat; 4) to‘g‘ri nutq; 5) to‘g‘ri hayot tarzi; 
6) to‘g‘ri jahd-jadal; 7) fikrni to‘g‘ri yo‘naltirish; 8) diqqatni to‘g‘ri qaratmoq.. SHunday qilib, 
sakkiz yo‘l bir-birini taqozo etuvchi uch omil - bilish, xattiharakat va diqqatning birligidan 
iborat. Bilim va axloq bu o‘rinda yaxlitlikka ega; fazilat bilimdan (illat esa bilimsizlikdan) kelib 
chiqadi, shu sababdan bilimni fazilatsiz takomilashtirish mumkin emas. Bu axloqiy komillikka 
etishishning tygallangan konsepsiyasi “Sochlarining fatilasi, sulolasi yoki zoti tufayli brahman 
bulmaydi. Kimdaki xaqiqat va dhamma bo‘lsa, o‘sha baxtli va o‘sha brahman”, - deyladi 
buddhachilik axloqiy qoidalari jamlangan kitobda. SHunday qilib, buddhachilik tomonidan 
vedalar obrusi, braxmanlarning istisnoli holati inkor etiladi, jamiyatni varnalarga bo‘lish 
qoralandi. Shubxasiz, bu axloqiy taraqqiyot ko‘rinishlaridan biri edi.
Buddhachilik axloqshunosligi nafaqat Hindistonda, balki qadimgi Xitoyda xam o‘ziga xos 
mavqe egalladi. Lekin u erda yana ikki axloqshunoslik yo‘nalishi katta amiyatga va qamrovga 
ega edi. Ulardan biri daochilik. 
Daochilik ta’limotining asoschisi Lao-szi (miloddan avvalgi VI - V asrlar) yipik namoyondasi 
Chjuan-szi (miloddan avvalgi 369-286 yillar) xisoblanadi. Lao-sziga nisbat beriladigan “Dao de 
szin” kitobida daochilikdagi asosiy yunalishlarning moxiyat aks etgan. “Dao - xamma narsadan 
ustun”, “ildiz”, “Er va osmonning onasi”, “dunyoning ilk asosi”, “si” esa moddiy asos, dao “de” 
ni - fazilatni undan yaratadi. SHuningdek, “dao” yo‘l ma’nosini ham anglatadi. “dao de szin”ni 
“Fazilat yo‘li” deb ham atash mumkin. 
Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosidz vujudga kelgan, u tabiatni bir qismi, uning 
vazifasi fazilat (de) yo‘lidan borish. har qanday suniy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini 
o‘zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz 
baxtsizliklarning manbai tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdadir. SHu sababli Lao-szi 
nazdida faoliyat daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili 
“uvey” - faoliyatsizlik, donishmand kishining “dao”si, bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz 
faoliyat aslida tabiatga qarshi bulmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga 
mos faoliyat.
Ayni paytda, Lao-szining fikricha, donishmand bilimini oshira borib, uni odamlarga tarqatmaydi, 
faqat xalqning farovonligi uchun ishlatadi; “Xalqning bilimi kuchli bo‘lsa, uni boshqarib 
bo‘lmaydi. Uning emagini Totli, kiyimini chiroyli, uy-joyini tinch, hayotini quvonchli qilish 
kerak”. Ana o‘shanda, ya’ni ilm fan taraqqiy etmasa, sivilizatsiya kirib kelmasa, bir davlat 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin