Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə345/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
188 
xunukliklardan ham xunukroq qizni uchratdi, “Ey qora yurak, zahar tilli, munofiq gunoxkor – 
deydi qiz, - men qiz emasman sening tiriklik paytingda qilgan a’mollaringman. Sen tirikligingda 
Xudoga e’tiqod qilganlarni ko‘ra – bila turib, devlarga sig‘ingansan. YAqin – uzoqdan kelgan 
musofirlarga boshpana berganingda, mexnat kildirganingda xayr-sadaqa ulashganingda, ularni 
kamsitgansan, yaxshi odamlarni haqorat qilgansan, ularning yuziga eshigingni yopib 
qo‘ygansan. Men – sen o‘ylagan yomon o‘y, sen aytgan yomon so‘z, sen qilgan yomon 
a’mollaringman. Nomussiz edim, sen tufayli battar orimni yo‘qotdim, jirkanch edim, yanada 
jirkanchli bo‘ldim, sharman edim, battaroq sharmisor bo‘ldim”. Bu erda rux va vujud muammosi 
ifoda topganini ilg‘ab olish qiyin emas. Zero “Avesto”da jon-rux tushunchasi o‘ta 
ilohilashtirilmaydi, ma’lum ma’noda “dunyoviy”lashtipiladi va o‘z erasi bilan muloqot qiluvchi 
vijdon sifatida namoyon bo‘ladi. 
Shuni aloxida ta’kidlash joizki, “Avesto”da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda 
eru ko‘kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas bo‘rchi hisoblanadi. 
Ozodalik, tozalik gigienik tyshynchadan axloqni va ilohiy tushuncha darajasiga ko‘tariladi: 
suvni, atrof-myxitni toza tutish, jonivorlarga, xususan, itga uchi o‘tkir suyak yoki qaynoq ovqat 
bermaslik - ularga nisbatan shafqatni anglatadi; inson shafqatli bo‘lishi keraq Bularning xammasi 
“Avesto”da ekologik axloqshunoslikning dastlabki ko‘rtaklari xam mavjudligini ko‘rsatadi. Bu 
muqaddas kitobdagi to‘rli tuman ma’budlar, bizning tushunchamizdagi pir darajasidadir 
(masalan, temirchilikning piri - hazrati Dovud v.h). Iloh esa- bitta: Axura-Mazda, faqat ungagina 
sajda qilinadi. Demak, yakkaxudolikni, tavxidni targ‘ib etishda xam birinchilik “Avesto”ga 
mansub. “Avesto”dagi ba’zi bir o‘rf-odatlar va irimlarning xozirgi kunda ham saqlanib qolganini 
ko‘rishimiz mumkin. Isiriq tutatish, qo‘rbonliq uchun so‘yilgan jon kallasini davradagi 
o‘tag‘asilar oldiga qo‘yish odatlari xamda sevimli Navro‘z bayramimiz fikrlarimizga dalildir. 
Xullas, “Avesto” yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning axloqiy estetik qomusi, qadimiy 
o‘rf-odatlarimizninig o‘ziga xos majmui sifatida qimmatlidir. 
Qadimgi Sharq axloqshunosligida Qadimgi Hindiston axlokiy tafakko‘ri aloxida o‘ringa 
zga. U tarixan vedachilik, yo‘ga, jaynchilik, buddhachilik, “Bxagavadgita” va “Artxashastra” 
xamda lokoyata oqimlaridan tahsil topgan. 
Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyarini to‘rt tabaqa - varnaga buladi; 
braxmanlar(koxinlar), kshatariylar(xarbiylar), vayshchilar(dexqonlar, kosiblar), shudralar 
(qullar). Mashhur “Manu qonunlari”da yozilishicha, brahmanning mashg‘uloti- ta’lim berish, 
Vedani o‘rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuxfalar olish, kshatariylar fuqarolarni 
ko‘riqlaydilar vayshchilar chorva, tijorat, sudxo‘rlik va dexqonchilik bilan shug‘yllanadilar; 
shchudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruxga xizmat qiladi. “Xotin, o‘g‘il va qul - uchalasi 
xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bulsa, o‘shaning qo‘lga kiritgan mulkidir” – 
deyiladi “Manu qonunlari”da. Vedachilik axloq ko‘ra, braxmanlar tug‘ma axloqiy yuksak 
odamlar, shchudralar esa tug‘ma-tuban axloq egalari hisoblanadi. 
Lekin
keyingi oqimlapda, yo‘ga, jaynchilik, ayniqsa, buddachilik axloqshunosligida, axloqiy 
fazilatlar egasi bulish insonning zoti ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning shaxsni 
kamoloti bilan bog‘liq degan fikr ilgari suriladi. Buddha ta’limotiga ko‘ra, dunyo iztirobga to‘la 
va eng muhim muammo ana shu iztiroblardan qutilishning yo‘lini topish. Naql qilinishicha, uz 
tengdoshlari bilan ayshu ishratda umr kechirgan shahzoda Sidharta Gautama kunlardan birida 
sayr qilib yurib, kasal cholni va janoza marosimini ko‘radi. Xar bir kishini kasallik, qarillik va 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin