13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 194
bo‘lmaymiz. Shunday qilib, o‘limning tiriklarga ham, o‘liklarga ham aloqasi yo‘q chunki birlari
uchun u mavjud emas, boshqalarning esa o‘zlari mavjud emas”.
Epikur iztirobdan qochishni emas uni engish kerakligini ta’kidlaydi. Buning uchun axloqiy
qat’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi ko‘yilishi kerak, uning axloq ideali - erdagi
hayotga nafrat bilan qaramaydigan, aksincha tabiat bilan hamnafas bo‘lib, ya’ni tabiat belgilab
bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydiran donishmand, faylasuf. Aynan tabiatga
muvofiklikda , turli bid’at va aldamchi fikrlardan qytilib, o‘z ehgiyojlarini tabiiy zarurat bilan
moslashtirilgan holdagina donishmand tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi
lazzatga erishadi.Donishmand o‘z kuchi me’yorini biladi va undan oqilona foydalanadi. Unga
baxt manbai - faqat ma’naviy ezgulikda, do‘stlik bilan bilimda bo‘lgan nisbatan mustahkam va
uzoq muddatli lazzatda ekani ayon.
Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va hamfikrlilikka asoslangan
do‘stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shyg‘yllanish ham xuddi do‘stlik singari ruhan xotirjamlikka
etishishga olib keladi.
Qadimgi Sharq axloqshunosligi, erishgan yutyqlarni yuksak nazariy darajara ko‘targan Qadigi
Yunon axloqshunosligi jahonshymyl ahamiyat kasb etdi. Yunonlik mutafakkirlar ilk bor inson
shaxsni, inson xatgi-harakatiga asoslangan niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish
muammolarini tushuntirishga urindilar.
Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet,
Mark Avreliy, Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mytafakkirlari davom ettirdilar.
Tit Lukretsiy Kar (miloddan avvalgi 99-44 yillar), Epikur aaxloqiy ta’limotining izchil
himoyachisi sifatida, mashhur “Narsalarning tabiati haqida” degan dostonida ruh va vujudning
ajralmas aloqasini ta’kidlaydi, ruhning o‘lishi to‘g‘risida fikr yurigadi, insonning o‘lim
qo‘rquvidan xalos bo‘lishida axloqiy ma’no borligini aytib o‘tadi. Ulim qo‘rquvidan va
ma’budlar oldidagi qo‘rkuvdan xalos bo‘lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql –idrok va his-
tuyg‘ular sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi.
Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, xam axloqsh:unos
faylasuf. Uning “Fazab haqida”, “Shafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari
axloqsh:unoslikka doir risolalari ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lutsiliyga axloqiy maktyblar”
asari mashxur. Senekaning fikriga ko‘ra, dunyo moddiy biroq, unda qandaydir jonli ibtido
xukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi ahamiyati yo‘q.
Muhimi shuki, uning yozig‘i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma’nosini taqdirdan
rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo‘qotmay, mardona va chidam bilan dosh
berishda ko‘radi. U o‘limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi.
Ozodlikni o‘z-o‘zini o‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning g‘oyatda fojialiligi
bilan bog‘liq. Seneka qul bilan ozod kishining ma’naviy tengligini ta’kidlaydi: “Ular qullarmi?
Yo‘q odamlar. Ular qullarmi? Yo‘q, ular yyingdagi qo‘shnilar. Ular kullarmi? Yo‘q, sening
itoatkor do‘stlaring. Ular qullarmi? Yo‘q, ular sening qullikdagi birodarlaring, negaki, sen ham,
ular xam taqsirning qullarisiz”. Albatga, bu o‘rinda Seneka ijgimoiy tenglikni emas, balki qul
bilan quldorning axloqiy tengligini nazarda tutmoqda. Faylasufning aytishicha, ruh ozodligi -