Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə359/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
202 
shaxsning o‘z qadr-qimmatini anglab etishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi 
yoki olinmasliga munosabati bilan belgilanadi. Goho uni or tushunchasi bilan chalkashtirish
hollari ham uchrab turadi. Lekin aslida, nomusga nisbatan or ancha tor qamrovdagi, nisbatan 
zalvorsiz tushuncha. CHunonchi, oriyatli odam deganda, o‘z so‘zining ustidan chiqadigan, 
sadaqa tarzida qilingan muruvvatlardan baland turadigan shaxs tushuniladi. Beor odam esa - o‘z 
sha’niga aytilgan gaplarga parvo qilmay, ishini bajarib ketaveradigan, aytilgan-aytilmagan 
joylarga suqilib kiraveradigan surbetnamo kishi. Nomusning esa toshi og‘ir - ijtimoiylik 
xususiyatita ega, keng qamrovli. Nomus yo‘lida inson hatto o‘z hayotidan kechishi mumkin, 
odamlar o‘z nomusi, oila nomusi, millat nomusi deb kurashadilar. Bu haqda ko‘plab badiiy 
asarlar yaratilgan. Mehnat, sport singari sohalarda jamoa nomusi ham, alohida ahamiyatga ega 
shu o‘rinda nomus obro‘ tushunchasi bilan bog‘lanib ketadi. Bularning hammasi o‘zini xurmat 
qilish, o‘ziga nisbatan atrofdagilarning xurmat-izzatini yo‘qotmaslik uchun o‘z-o‘zini nazorat 
qilish hissidan kelib chiqadi. 
Biz yuqorida ko‘rib o‘tganlarimiz - asosiy mezoniy tushunchalarning barchasi baholash tabiatiga 
ega. Yana qator muhim axloqiy tushunchalar borki, ular o‘z echimini talab qilishi bilan, ya’ni 
muammolik xususiyati bilan ajralib turadi. Ideal, baxt, xayotning ma’nosi, singari tushunchalar 
shular jumlasidandir. Biz ular orasidagi eng qamrovlisi bo‘lishi axloqiy ideal tushunchasiga 
nisbatan batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Bir qapaganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek tuyuladi. Lekin aslida U qiyoslashga 
asoslanadi. Antiqa tomoni shundaki, idealda nomavjud, xayoldagi insonga, voqelika real
mavjud, hayotdagi xodisalar qiyoslanadi, ya’ni bor narsa. yo‘q narsa bilan o‘lchanadi. Zero ideal 
xayotda mavjud bo‘lishi mumkin emas - bu xammaga ayon gap. Buning ustiga, ideal xozirgi 
zamonda ham, kelajakda ham bo‘lmaydi, uning mavjudlik sharti-o‘tgan zamon. Lekin, shunga 
qaramay, inson ideal sari intiladi, o‘z hayotida unga qiyoslaydi, unga taqalid qiladi. U inson. 
xayotidagi eng oliy axloqiy talabki, uning bajarilishi shaxsni komillikka etkazadi. Albbata, 
hayotda bunday bo‘lmaydi, lekin inson ana shu komillikni o‘ziga namuna bilib, idealga intilib 
yashashi jarayonida nisbiy komillikka erishadi. 
Asosiy mezoniy tushunchalar - katetoriyalar. singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash 
shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi. 
Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yilaligan talab tarzida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy 
moxiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi asosiy jahatlarini 
belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti-xarakatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatgan 
holda, ko‘pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Axloqiy tamoyillarning eng 
qadimiy va eng muximlaridan biri - insonparvarlik. U - insonning yuksak ijtimoiy vazifasini 
belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, kadr-
qimmati, uning baxtli bo‘lishini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonch. 
Insonparvarlik tamoyilini, Yevropa uyg‘onish mutafakkirlari dastlab ilgari surganlar, degan fikr 
mavjud.



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin