13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 200
Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, ezgulik xech qachon yovuzlikka aylanmaydi,
xar qanday zamonda, xar qanday sharoitda xam yovo‘zlik bulib qolaveradi. Yaxshilik va
yomonlikda esa bunday emas biror ob’ektga qilingan yaxshilik boshqa xar bir ob’ekt uchun yoki
yaxshilik qilgan sub’ekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin. Mashxur o‘zbek xalq ertaklaridan
biridagi, ovchilar quvib kelayotgan bo‘rini qopga yashirib, qutqarib qolgan dexqonning xolatini
bunga misol sifatida keltirish mumkin. Bo‘ri o‘ziga yaxshilik qilib, o‘limdan qutqargan odamni
emoqchi buladi, xayriyatki, tulki dexqonning joniga oro kiradi.
Xullas, muayyan ijtimoiy cheklanganligiga qaramay, yaxshilik va yomonlik xam ancha qamrovli
mezoniy tushunchalardan.
Axloqshunoslikning yana bir qamrovli mezoniy tushunchasi adolat. Uning ezgulik va yovo‘zlik
xamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi biror bir qadriyatni
anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baxolash maqomiga ega. SHu
bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor unda xam axloqiy, xam huquqiy talablar
mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda miqdor ulchovchi xam deyish mumkin u talab bilan
taqdirlashni ulchab turadigan tarozudir. Adolat bor joyda ijitmoiy jabrga, beboshlikka yo‘l
yo‘riq. adolatning mezoniylik xususiyati, ayniqsa, xuquqda darxol ko‘zga tashlanadi. Lekin
adolatni faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin etish to‘g‘ri emas. U, yuqorida aytganimizdek,
keng qamrovli axloqiy tushuncha. U nafaqat fuqarolar orasidagi munosabatlarni, balki davlat
bilan xalq, jamiyat bilan shaxs o‘rtasidagi aloqalar mezonini xam o‘z ichiga oladi. Xalq orasida
ming yillar mobaynida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas.
Deyarli bir yarim asr moybaynida adolatsizlikni milliy kamsitishni, milliy iftixor xissining oyoq
osti qilinishini, begona irodaning zo‘rlab qabul qildirish kabi xolatlarni boshdan kechirgan
xalqimiz, endilikda, mustaqillikka erishib, adolatli fuqorolik jamiyati to‘zishga kirishdi. Adolat
bugungi kunda bizning mustaqil, kelajagi buyuk davlatimizning moxiyatini anglatuvchi
tushunchaga aylanib bormoqda.
Axloqshunoslik nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan biri vijdondir. Vijdon - Zigmund
Freyd ta’biri bilan aytganda, alo men,- men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi
ikkinchi, yuqori darajadagi men. Agar uyat xissi insonning tashqi, jamiyagga bog‘liqligidan
kelib chiqsa, vijdon uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik
tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o‘z
nojo‘ya xarakati tufayli yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, vijdon azobi, bu oddiy o‘ng‘aysizlik
emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi, uni qondirmas ekansiz,
xech qachon azob to‘xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi mo‘z tog‘iga -
aysbergga o‘xshatish mumkin,yuzaga uyat tarzidagi chiqib turgan qismi teranlikdagi qismidan -
yuz, balki ming barobar kichik.
Vijdon xam boshqa ba’zi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari kabi baxolash xususiyatiga ega.
Lekin bu baxolash xech qachon ob’ektga qaratilmaydi, u sub’ektning xatti-xarakatlariii
baxolaydi, ya’ni unda sub’ekt o‘zi uchun ichki ob’ekt vazifasini o‘taydi. Ba’zan jamiyat talablari
bilan vijdon o‘rtasida ixtilloflar chiqishi mumkin. Bunda vijdon emas, jamiyat talablarining