Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti
.
1922 yilda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida 
falsafa fanidan o‘quv mashg‘ulotlarining olib borilishi, bu boradagi dastlabki qadam bo‘ldi. 1935 
yilda birinchi «Dialektika va tarixiy materializm» kafedrasi tashkil qi lindi. 1944 yilda Dialektika 
va tarixiy materializm kafedrasi tarkibidan «Falsafa» kafedrasi ajralib chiqqan. Aynan «Falsafa» 
kafedrasi negizida 1962 yilda «Ilmiy kommunizm», 1967 yilda «Tabiiy va gumanitar fakultetlar 
falsafa» kafedralari tashkil qilingan. Kafedralar tarkibi milliy kadrlar bilan boyib borgan. 1960-
yillarda «Falsafa» kafedrasida 45 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib borgan. Bu davrda falsafa 
mutaxassisligi bo‘yicha universitetning o‘zida milliy kadrlar tayyorlash imkoniyati paydo 
bo‘lgan. Professor A.Ayupov,H.Umarov sa’y-harakatlari bilan oliy ta’lim vazirligida bu 
masalaga ijobiy yondashilib, universitetning tarix fakultetida 1963–1964-o‘quv yilidan boshlab 
«Falsafa» bo‘limi tashkil qilingan va unga H.Umarov rahbar etib tayinlangan. O‘quv jarayoning 
respublikaning yirik olimlari jalb qilinib, falsafa bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash faoliyati 
boshlangan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi E.YU.YUsupov, professorlar 
M.V.Vohidov, I.R.Rahimovlar 1980-2005 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-
madaniy taraqqiyotining falsafiy muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bilan 
birga, darslik va o‘quv qo‘llanmalari yozganlar, yosh kadrlarni tayyorlashga o‘zlarining munosib 
hissasini qo‘shganlar. SHu yillar davomida J.Babaevning «Falsafa asoslari» o‘quv qo‘llanmasi, 
E.YUsupovning tahririda «Falsafa» (1985) darsligi, I Raximovning «Mantiq fanidan seminar 
mashg‘ulotlari» (1984) o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan. 
Bu esa o‘sha davrda falsafa fanining yanada chuqur va keng o‘rganilishi yo‘lidagi dadil qadam 
bo‘ldi.

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin