Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Dogmatika. 3 Dogmatik tafakkur falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini
hisobga olmay, konkret makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgarmas tushunchalar va
qoidalar bilan ish ko‘ruvchi tafakkur usulidir. Dogmatik tafakkurning asosini metafizika tashkil
qilib, u dastlab sofistik tafakkur usuliga qarama-qarshi o‘laroq, vujudga keladi. Dogmatik
tafakkurning paydo bo‘lishi tarixan metafizik usulning qaror topishi va rivojlanib borishi bilan
bog‘liqdir. Dastlab tabiatshunoslik fanlari sohasida tabiatni tekshirish usuli sifatida paydo
bo‘lgan metafizika «tabiatdagi buyumlar va jarayonlarni bir-biridan ajratilgan holda, ular
o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishdan tashqarida tekshirishga va shuning natijasida, ularni harakat
holatida emas, balki harakatsiz holatida - muhim darajada o‘zgaradigan narsa sifatida emas,
balki o‘lik narsalar sifatida tekshirishga» kishilarni odatlantirib qo‘ya boshlaydi. Bunday tekshi-
rish va tushunish bora-bora o‘ziga xos dogmatik tafakkur usulini vujudga keltiradi.
Metafizik-dogmatik fikr qiluvchi kishi nazarida, buyumlar va ularning fikrdagi
in’ikoslari, ya’ni tushunchalar bir-biridan keyin va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda
tekshirilishi lozim bo‘lgan ayrim-ayrim, o‘zgarmas, qotib qolgan, hamisha bir zaylda turadigan
narsalardir. Uning nazarida, buyum yo mavjuddir, yoki mavjud emasdir va xuddi shuningdek, bir
narsa ayni zamonda shu buyumning o‘zi va yana boshqacha bo‘la olmaydi. Musbat narsa bilan
manfiy narsa bir-birini mutlaqo istisno qiladi... Bu tafakkur usuli, daf’atan qaraganda, bizga
tamomila maqbul bo‘lib ko‘rinadi.
O‘rta asr falsafasida metafizika teologiyaning falsafiy asosi qilib olinishi bilan diniy
aqidalarga ishonish talablari kuchayadi. Bu o‘z navbatida dogmatik tafakkurning yanada keng
tarqalishiga sabab bo‘ladi. Faqat dialektikaning paydo bo‘lishi bilan, metafizik tafakkurning
ilmiy jihatdan asossizligi ma’lum bo‘lgandan keyingina, dogmatik tafakkur o‘zining falsafiy
asosidan mahrum bo‘ladi. Lekin dogmatik tafakkur hozir ham mavjud. Dogmatik tafakkurning
2
Эклектика
(юнонча: еklegein — tanlayman, degani) — turli qarama-qarshi nazariyalarni qarashlarni aralash-
quralash qilib yuboruvchi tafakkur usuli.
3
Dogmatika (yunoncha so‘z bo‘lib o‘zgarmas, qotib qolgan, aqida degani) — konkret shart-sharoitlarni hisobga
olmay qo‘llaniladigan qoida, prinsip, fikrdir.