6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI
86
tug‘ma tushunchalariga ta’siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq
g‘oyani anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa sub’ektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX
asr boshlari) bilish jarayoni – bu sezgilarning bo‘sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir.
Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‘tarilar ekan, har bir yangi pog‘onada qayta-qayta
quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?, bilishning
chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni farqlash
mumkin: optimizm, skeptitsizmva agnostitsizm (Kant va boshqalar).
Optimistlar dunyoni bilish
mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar
(I.Kant –
ォ
narsa o‘zida
サ
).
Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.Yum), biroq bilimning
haqiqiyligiga shubha bildiradilar.
Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy
tizimlar va hokazolar o‘zgarayotgan
davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb
hisoblangan xulosalar fan va
amaliyot olgan yangi ma’lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz
bo‘lib chiqqan
holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki,
u darhol nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‘oyalarni ham toptay boshlaydi.
Bu psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga
bo‘lgan ishonch emas, balki qachondir qabul
qilingan
ォ
qulay
サ
tamoyillarga tayanish yotadi.
Skeptitsizm ta’limot sifatida,
hech shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi
deyarli barcha
imkoniyatlarini kamsitadi.
Dostları ilə paylaş: