Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
116 
ta’kidlaydi. Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p 
ta’riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir 
ob’ektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson: 
– «aqlli mavjudot»; 
– «siyosiy hayvon»; 
– «tabiat gultoji»; 
– «hayotning boshi berk ko‘chasi»; 
– «hayotning soxta qadami»; 
– «mehnat qurollari yasovchi hayvon»; 
– «o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»; 
– «ma’naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan. 
Inson qaerdan va qanday paydo bo‘lgani haqidagi ko‘p sonli g‘oyalar orasidan eng muhimlarini 
ajratib olsak, ularning barchasini ma’lum darajada shartlilik bilan ikki asosiy konsepsiya 
– 
insonning tabiiy va g‘ayritabiiy kelib chiqishi haqidagi konsepsiyalar 
doirasida birlashtirish 
mumkin. 
Insonning kelib chiqishi haqidagi birinchi yondashuv insonning paydo bo‘lishiga olib kelgan 
tabiatning qonuniy rivojlanishi g‘oyasi
dan kelib chiqadi. Bunda
 
inson jonsiz, keyinchalik esa – 
jonli moddaning tabiiy evolyusiyasi mahsuli
 
sifatida qaraladi. Mazkur konsepsiya, 1859 yilda, 
inson kelib chiqishining
 
tabiiy-ilmiy talqiniga asos bo‘lgan, CH.Darvinning «Hayvon va 
o‘simlik turlarining kelib chiqishi haqida» deb nomlangan mashhur asarini e’lon qilgan evo-
lyusion nazariyasiga tayanadi va hozirgi vaqtda molekulyar biologiya va gen injeneriyasi 
sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlar ta’sirida o‘z shakl-shamoyilini
 
sezilarli darajada 
o‘zgartirib, aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib 
xizmat qilmoqda. Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli 
sifatida qarab, uni g‘ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi
.

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin