11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
167
bilib olgan. Bu takrorlanish oqibatda inson fikrini yakkadan umumiylikka qarab yo’naltirgan.
Yakka predmet va hodisalarni takror va Yana takror o’rganish ularning umumiy xususiyatlarini
payqashga olib kelgan. Kishilar amaliy faoliyat jarayonida ko’pdan ko’p alohida fikrlardan
umumiy qoidalar hosil qilganlar, olamni bilishda yakkalik, alohidalikdan umumiylikka qarab
borganlar, alohida faktlar, hodisalarni umumiylashtirganlar.
Insonning har qanday bilimi asosida alohidalikdan umumiylikka qarab borish yotadi. Dmitriy
Mendeleev alohida elementlarni o’rganish orqali ximiyaviy elementlarning davriy sistemasini
kashf etdi. Umuman olganda, har qanday kashfiyotning mohiyatida ma’lum ma’noda yakkalikni
umumlashtirish yotadi. Induktiv xulosa chiqarish tafakkurning o’ziga xos uslubi hisoblanadi.
Fikrlashning induktiv uslubi haqidagi dastlabki ma’lumot qadimgi yunon falsafasiga borib
taqaladi. Buyuk yunon faylasufi Suqrot (e.a.469-399) har qanday bilim umumiylik haqidagi
tushunchadir. Umumiylik esa alohida hodisalarni o’rganish va solishtirish natijasida yuzaga
keladi, deb bilgan. Induktiv xulosa chiqarish mantiqiy usuliga Suqrot asos solganligini Arastu
o’zining «Metafizika» asarida ko’rsatib o’tgan edi. U ikki narsa Suqrotga taalluqli: biri induktiv
muhokama, ikkinchisi esa umumiy ta’riflardir, deb ko’rsatgan.
Induktiv xulosa chiqarish to’g’risidagi ta’limot Arastu qarashlarida rivojlantirildi. U, jumladan,
«Oddiy sanash induksiyasi» va noto’liq induksiya to’g’risida ma’lumot bergan. XVII-XVIII
asrlarda tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi induktiv logikaga qiziqishni kuchaytirdi. Ingliz
faylasufi Frensis Bekon o’zining «Yangi organon» asarida oddiy sanash yo’li bilan hosil
bo’ladigan ommabop induksiya har doim ham ishonarli bo’lavermaydi;
Induksiyaning shunday nomlarini topmoq kerakki, ular hodisalarning muhim, asosli tomonlarini
o’zida umumlashtirsin, deb ko’rsatgan edi. Bekon bunday shakllarni muayyan sxemaga
(tartibga) solib o’rganishni taklif etdi. Uning fikricha, barcha xilma-xil hodisalarni muayyan
sanoqli shakllarga solish mumkin. Bu qarash cheklangan bo’lsada, o’rta asr sxolastikasiga
qarama-qarshi o’laroq o’rganishni faktlardan, olamni o’rganishdan boshlash talabini ilgari
surganligi bilan ahamiyatli.
Induksiya tushunchasi fanda 3 ma’noda qo’llanadi:
1. Induktiv xulosa chiqarish ma’nosida
2. Olamni bilish metodi ma’nosida
3. Muhokama yuritish uslubi ma’nosida
Induktiv xulosa chiqarish shunday mantiqiy uslubki, muayyan turkumga mansub ayrim
predmetlar haqidagi bilimlardan butun turkum haqidagi umumiy fikrlar hosil qilinadi.
Induktiv xulosa chiqarish ma’lum ma’noda haqiqatga yaqin xulosa chiqarishdir. Induktiv
xulosaning chinligi quyidagi qoidalarga bog’liq bo’ladi:
1) Asoslarning chinligi; 2) Ular orasidagi aloqadorlikning real mavjudligi. Lekin bundan har
qanday chin asoslardan chin xulosa chiqarish mumkinligi kelib chiqmaydi.
Bu xatolar mantiqning yetarli asos qonunini buzib talqin etishdan kelib chiqadi.
Induktiv xulosa chiqarish 2 yo’l bilan amalga oshiriladi:
a) To’liq induksiya
b) Noto’liq induksiya a)
Dostları ilə paylaş: