Axloqqa gap borganda, albatta uning muayyan tuzilmasi,
unga asos bo‘lgan omillar,
unsurlar to‘g‘risida to‘xtalmaslik mumkin emas. Axloq tuzilmasini, odatda, uch omil-asosdan
iborat deb hisoblaydilar. Bular - axloqiy anglash (axloqiy ong), axloqiy his etish (axloqiy
hissiyot) va axloqiy munosabatlar (axloqiy hatti-xarakatlar). Bazi mutaxassislar (chunonchi,
mashhur rus axloqshunosi A I. Titarenko) axloqshunoslik mezoniy tushunchalarini
(katetoriyalarini), axloqiy meyorlar va tamoyillarni axloq tuzilmasi tarzida taqdim etadilar.
Bizning nuqtai nazarimizdan bu fikr unchalik to‘g‘ri emas. CHunki mazkur tushunchalar,
tamoyilar va meyorlar ko‘proq axloqqa emas, balki uni o‘rganadigan fanga – axloqshunoslikka
taalluqlidir. Umuman, shuni aytish kerakki, axloqshunoslik fanida ancha-muncha chalkashliklar
mavjudki, ularning sababini mazkur fanning boshqa fanlarga nisbatan axloqqa xususiyatlarga
3
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Т., «Ўзбекистон», 2000, 6-b.
4
O’sha manba, 7-b.
13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
183
egaligidan, yani unda ko‘p hollarda ilmiy-nazariy jihatlarning ilmiy-amaliy tomonlar bilan
omuxtalashib ketganidan qidirmoq lozim. SHunday qilib, axloq tuzilmasi uch asosiy omilni
axloqiy anglash, axloqiy aks etish va axloqiy munosabatlarni uz ichiga oladi. Ayni paytda ana
shu omillarning tuzilmadagi o‘rni, to‘g‘rirog‘i, mavqei masalasida ham turli xil qarashlar
mavjud. Ba’zi axloqshunoslar axloqiy anglashni, boshqa birovlar axloqiy hissiyotning o‘zini
asosiy unsur deb talqin etadilar. YAna ba’zi birovlar axloqiy anglash - axloqiy ongga etakchilik
mavqeini beradilar. Xo‘sh, aslida qanday qarash haqiqatga yaqinroq?
Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, juda ko‘p hollarda axloq tuzilmasidagi mazkur uch omil-
unsurning birortasisiz axloq tumunchacini tasavvur qilib bulmaydi. Boshqacha aytganda, axloqni
inson ko‘zi oldida gavdalamiruvchi axloqiy munosabatlarning aks etish va axloqiy anglashsiz
yuzaga chiqishi yani mavjud bo‘lishi mumkin emas. Bunday holat axloqiy his etishga ham,
axloqiy anglashga ham taaluqli. Zero tuzilmadagi bu uchunsur-omil bir-birisiz kamdan-kam
mavjud bo‘ladi, doimo bir-birini taqozo qiladi.Endi axloqiy anglashning tuzilmadagi etakchilik
mavqeiga, to‘g‘rig‘i, asosiy unsur sifatidagi o‘rniga kelsak, uni bu tarzda talqin etish, bizningcha,
to‘g‘ri emas. Vaholanki, sho‘rolar davrida va hozirdagi rus olimlari orasida ba’zi g‘arbdagi
zamonaviy axloqshunoslik yo‘nalishlarida ana shunday qarash xukumron ekanini ko‘rzmie.
Aslida esa, tuzilmada poydevor unsur sifatida axloqiy hissiyot yoki axlokiy xis etishi namoyon
buladi. to‘gri, juda kup hollarda biror bir axloqiy qarorning amalga oshuvi uzok yoki qisqa vaqt
mobaynida usha qaror oqibatlari to‘g‘risida ongli ravishda xulosa chiqarishga, ularni avval;dan
anglab etishga urinish bilan bog‘lik bo‘ladi, ya’ni biz o‘z xatti xarakatlarimizni axloqiy anglash
elagidan o‘tkazib, faoliyat ko‘rsatamiz. Lekin o‘sha anglab amalga oshirilgan axloqiy qaror
tubida, so‘zsiz, axloqiy hissiyot yotadi. Demak, axloqiy his etish axloqiy anglash uchun material
vazifasini o‘taydi. Ba’zan esa o‘sha “material” - hissiyotning o‘zi axloqiy anglashni chetlab
o‘tib, - munosabat tarzida namoyon buladi. Bunga insoning favqulotda holatlardagi hatti-harakati
misol bula oladi. Deylik, yuqori tezlikda ketayotgan avtomobil oldidan yo‘l o‘rtasida, koptokni
quvib, go‘dak chiqib qoldi, haydovchi tormozni bosish barobarida, shu zahoti mashinasini keskin
chetga buradi. Bola omon qoladi, x,aydovchi jarohatlanadi, mashina pachoq buladi. Bu holatda
haydovchining go‘dakka nisbatan, mehf-shafqati, achinish hissi, inson bolasini oliy qadriyat
sifatida his qilishi muhim rol o‘ynaydi. Xaydovchi o‘z xatti-harakatini “Oqilona qarorga” kelishi
uchun, “etti o‘lchab, bir kesib” amalga oshirmaydi - hamma narsa bir lahzada ro‘y beradi. Bunda
anglash emas, ong emas, oniy intuitsiya, uz qavmdoshi hayotini asrashdek tabiiy-biologik
hissiyot-instinkt hal qiladi, yani mazkur hissiyot tom ma’nodagi anglash darajasiga ko‘tarilib
ulgurmasdanoq munosabatga aylanadi.
Xulosa qilib aytganda, bizning axloqiy hayotimiz, barcha axloqiy tajribalarimiz, axloqiy
faoliyatimiz ana shu uch omil asosida ruyobga chiqadi. Axloqiy kodekslarimiz, meyorlarimiz va
tamoyillarimiz ularga asoslanadi. Lekin aldov, yolg‘on, soxtalik va totalitar axloqiy tuzum
hukmronlik qilgan davrlarda yoki mamlakatlarda axloqiy hissiyot, axloqiy anglash, axloqiy
munosabatlar qabul etilgan kodekslar, me’yorlar xamda tamoyillarga ko‘pincha to‘g‘ri kelmaydi.
Rasmiy axloqiy qonun-qoidalar bilan xaqiqiy axloqiy intilishlar orasida ma’naviy jarlik paydo
bo‘ladi. Tilda bu qonun-qoidalar ko‘klarga ko‘tarilgani holda, dilda, ich-ichdan ularga qarshilik
hukm suradi. Natijada jamiyat uchun fojea bo‘lgan axloqiy so‘z Bilan axloqiy faoliyatning
aloxida-aloqa mavjudligi ro‘y beradi.
|