13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
185
zamondayoq paydo bo‘lgan. Gretsiyada Aristipp etikasining muxlislari bo‘lgan va huzur–
halovatni oliy saodat deb hisoblagan kishilar gedoniklar deb atalgan. G. Epikur nazariyasida eng
rivojlangan nuqtasiga erishgan. G. g‘oyalari Mill va Betnam utilitarizmida markaziy o‘rinni
egallagan. Hozirgi zamon nazariyalarida Gedonizm odatda faqat uslubiy tamoyil – yaxshilikni
ta’riflash usuli sifatida mavjuddir.
G. ta’limoti insoniyatning ilk davrlaridan boshlaboq hozirgacha etib kelgan ta’limotlardan
biri sifatida yaxshi sharoitlarda yashash, zeb-ziynatlarga burkanish, huzur - halovatga intilishni
targ‘ib etib keldi. Negaki inson tabiatan huzur-halovatga intiladi. Ammo har bir narsada me’yor
bo‘lgani kabi inson huzur-halovatida ham me’yorga rioya qilish zarur. Inson o‘z hayotida
me’yorlarga qat’iy asoslanib yashashi bilan o‘zligini yo‘qotmaydi. Beruniy ayganidek, “Inson
hayotida lazzat me’yorining buzilishi uni halokatga etaklaydi”.
Dostları ilə paylaş: