Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Aslida to‘g‘ri ma’nodagi ommaviy madaniyat ko‘pchilik o‘ylaganidek, zararli tushuncha emas. U, eng avvalo, bir-birimizga «Assalomu alaykum» deya tinchlik tilashimizdan boshlanadi. Xalqimizning ming yillar sinovidan o‘tgan bayramlari, to‘ylari, xalq og‘zaki ijodi, bir so‘z bilan aytganda, omma uchun madaniyatga aylanib ulgurgan barcha qadriyatlar ijobiy ma’nodagi ommaviy madaniyat namunalari hisoblanadi. «Ommaviy madaniyat» asosini esa «Biz» degan tushuncha emas, «Avval mening o‘zim, keyin boshqalar» degan g‘arbona egotsentrizm g‘oyasi tashkil etadi. Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlab yangi jamiyat qurayotgan har bir millat uchun axloq va milliy
madaniyatni saqlash va yanada rivojlantirish – eng dolzarb va ustuvor vazifadir.
Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri informatsion vositalarning
yuksak rivojlanishi natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot
nashrlarining kirib kelishi, bu vositalar orqali taklif etilayotgan «qadriyatlar» ko‘p hollarda
yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo‘ymoqda. Boshqacha qilib aytganda,
«ildizi yo‘q individ»larning shakllanishiga olib kelmoqda. «Ommaviy madaniyat» turli xil
ko‘rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo‘sh
vaqtni o‘tkazishda, didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon
bo‘lmoqda. Bular esa behayolik va zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga
bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bugungi kunda yoshlar orasida taqlidchilik holatlarining kuchayayotganligi kuzatilayapti.
Xorijda keng tarqalgan axloqiy va ma’naviy yurish-turish andozalarining kinofilmlar, moda va
turli xil reklamalar orqali yoshlarimizning ongini ma’lum ma’noda zaharlayotganini sezish qiyin
emas. Natijada, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlarining oldida vaqtini
o‘tkazish, mazmunan sayoz filmlarni tomosha qilish odat tusiga kirib bormoqda.
Umuman olganda, globallashuvning salbiy oqibatlarini, «ommaviy madaniyat» niqobidagi
aksilmadaniyat va turli g‘arazli, noxolis axborotlar xurujining ta’sirini mumkin qadar
kamaytirish uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy, axloqiy, estetik
madaniyatini yuksaltirish talab etiladi. Navqiron avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga,
madaniyat durdonalariga bolalikdan boshlab hurmat ruhida tarbiyalash, ularda «ommaviy
madaniyat»ga xos ayrim ko‘rinishlarga tanqidiy munosabatni, aksilmadaniyatga, turli
buzg‘unchilik g‘oyalar va axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish alohida
ahamiyat kasb etadi.
Xozir insoniyat g‘oyat chigal va ziddiyatli zamonda yashayapti. Buning ustiga, ezgu g‘oyalarni
turli g‘arazli manfaatlar yo‘lida soxtalashtirishga intiluvchilar tobora ko‘paymokda. Oqibatda
asl maqsadlar niqoblanib, azaliy qarashlarning ma’nosi atayin chigallashtirilayapti.
Mustaqil O‘zbekistonimizning qisqa tarixiy davri shuni ko‘rsatdiki, vayronkor, buzg‘unchi
g‘oyalar birinchi galda yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan. Buning oldini olish uchun
jamiyatimizda, kundalik hayotimizda ta’lim-tarbiyaga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jiddiy e’tibor
qaratishimiz darkor.
G‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar nimalarda ayon bo‘lishini tahlil qilib ko‘raylik. Bu tahdid, birinchi
galda, tili, dini, e’tiqodidan kat’iy nazar, har qaysi shaxsning tom ma’nodagi ozod inson bo‘lib
yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy olamini izdan chiqarish maqsadini ko‘zlaydigan
mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari tariqasida yuzaga chiqadi.